«tasdiqlayman» O`zbekiston tarixi kafedrasi mudiri dots. M. To`rayeva 20 y



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə14/18
tarix08.02.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#83552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
60. Barcha nomutaxasis. Mustaqil ish

Baholash mezoni:
Jadvalning to‘rtala ustunini to’liq to‘ldirgan bo‘lsa «5»;
Jadvalning to‘rtala ustunini 75% ga to‘ldirgan bo‘lsa «4»;
Jadvalning to‘rtala ustunini 50% ga to‘ldirgan bo‘lsa «3»;
Jadvalning to‘rtala ustunini 50% dan kam to‘ldirgan bo‘lsa «2»;

8-auditoriyadan tashqari mustaqil ish
8-mavzu. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.
Ishning maqsadi: Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning Movarounnhar va Xuroson hududidagi rivojiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish.
Hisobot shakli: XIV asrning ikkinchi yarmi-XV asrning oxirlarida Movarounnahr va Xuroson madaniy hayoti haqida to’plashgan ma’lumotlarni asriy ketma-ketlikda va jadvalda aks ettirish. Ilm-fan namoyondalarini yashab ijod etgan davri va asarlarini xronologik tartibda jadval aks ettirilgan prezintatsiya tayyorlashlash.


Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
8-mustaqil ish topshirig‘i: Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat mavzusida mavjud adabiyotlardagi ma’lumotlarni to’plash va o’rganish. Ilm-fan namoyondalarini yashab ijod etgan davri va asarlarini xronologik tartibda jadval asosida prezintatsiya tayyorlash.
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar:
XIV asrning ikkinchi yarmi-XV asrning oxirlarida Movarounnahr va Xuroson madaniy hayoti bilan tanishish orqali ilm-fan namoyondalarini asarlarini chuqurroq o’rganish orqali ularning turli fan yo’nalishlarida yozgan asarlarini xronologik tartiblashga e’tibor qaratish. Ushbu topshiriqda Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda qurilgan tarixiy me’moriy obidalarning sanasi, qaysi hukmdorlar davrida nima munosabat bilan qurilgani, qurilish arxitekturasi va uslubi, ilm-fan namoyondalarining hayoti va ijodi mazmuni aks etgan jadvalni prezintatsiyada aks etgan holda tayyorlash nazarda tutilgan. Topshiriqni quyidagi ketma-ketlikda bajarilish tavsiya etiladi:
1.Topshiriqni bajarishdan oldin o’rganilayotgan davrning ijtimoiy-siyosiy hayoti to‘g‘risida tasavvur hosil qilish maqsadida https://www.youtube.com/watch?v=3bD12GtKh8c, https://www.youtube.com/ watch?v=VrzY8wh-OQ, https://www.youtube.com/watch?v=nAyhFUKe1Us manzildagi videorolikni tomosha diqqat bilan tomosha qiling;
2.Eshov B., Odilov A. O‘zbekiston tarixi. I jild. Eng qadimgi davrdan XIX asr o‘rtalarigacha. Darslik. – T.: Yangi asr avlodi, 2014. 443-455, 460-470 betlar, Q.Ergashev, H.Hamidov O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: G’ofur G’ulom, 2018. 216-222 betlar, Temur va Ulug’bek davri tarixi. Mas’ul muharrir Ahmadali Asqarov. Qomuslar bosh tahririyati, T.: 1996. 165-227 berlarini bir marta o‘qing;
3.Darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to‘ldirib chiqing:



Asr, yil, sana

Qurilgan tarixiy-me’moriy obidaning nomi

Qurilish va arxitekturaviy uslubi

Ilm-fan namoyondalari, ularning asarlari va jahon ilm-faniga qo’shgan hissasi













4.Jadvalni darslikdagi ma’lumotlar bilan qaytadan solishtiring;


5.Jadvalni o‘rganing.



Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin