- Oqibati o'lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisalar;
- Oqibati og'ir bo'lgan baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi. Jarohatlanishning
og'irlik darajasi to'g'risida tibbiy xulosa tibbiy muassasa tomonidan Sog'liqni saqlash
vazirligining 1997 yil 7 iyuldagi 344-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan aniqlash
sxemasiga asosan beriladi.
Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va yo'riqlashlarda ma'muriyatning vazifalari?
Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga
o'tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'1-yo'riqlar berishi,
ishlami bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan
jabrlanganlarga yordam ko'rsatishga o'qitishni tashkil etishi shart. Xavfliligi yuqori
bo'lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga
kirayotgan xodimlar uchun ishlami bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki
tarzda tayyorlash, kasb bo'yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka
va so'ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha davriy attestatsiya o'tkaziladi.
Tashkilotlaming xodimlari, shu jumladan rahbarlari o'z kasblari va ish turlari uchun
mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari
tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari
bo'yicha o'quvdan o'tishi, yo'1-yo'riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan
o'tishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha belgilangan tartibda o'quvdan o'tmagan,
yo'1-yo'riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslami ishga qo'yish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: