Kim va qanaqa tashkilot OPO (xavfli ishlab chiqarish ob'ekti) bo'yicha
identifikatsiyalashni amalga oshirish huquqiga ega?
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi
ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanayotgan tashkilot yoki
ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida
avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslaming hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga
hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob'ektlaridan
foydalanayotgan tashkilotlaming fiiqarolik javobgarligini sug'urta qilish maqsadida xavfli
ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikatsiyalash faqat ekspert tashkiloti tomonidan amalga
oshirilishi mumkin. Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikatsiyalash to'g'riligi
uchun javobgarlik identifikatsiyalashni amalga oshiradigan tashkilotga yuklanadi.
Yuk ko'tarish mashinalaridagi kanatlarni mahkamlash turlari?
- kanatga kovush o'matilgan holda uni to'qish yo'li bilan.
23
- uchtadan kam bo'lmagan qisqichlami o'matish bilan.
- quyma, shtamplangan vtulkalaming ichiga ponalab o'matish yo'li bilan.
- tez eriydigan qorishmalar quyish yo'li bilan.
Payvandlash yo'li bilan tayyorlangan vtulkalami ishlatish mumkin emas.
Kanatlarni to’qish usuli bilan mahkamlash paytida kanatlarni yo'g'on tolalarini
eng kam teshib o’tkazish soni?
Bu asosan kanat diametriga bog'liq bo'lib quyidagicha:
- D=15 mm - 4 marta
- D=15 mm dan 28 mm gacha - 5 marta
- D= 28 mm dan 60 mm gacha
- 6 marta va xokozo.
H ar bir o'rinning oxirgi teshigi simlarning yarim soni bilan bajariladi. Yuk
ko'tarish mashinalari qanday tormozlar bilan jihozlanadi?
Kranlaming yuk ko'tarish va strelani holatini o'zgartirish mexanizmlari kran
harakatlanmagan holda doim siqilgan holatda bo'ladigan va harakat boshlanganda
avtomatik tarzda ochiladigan tormozlar bilan jihozlangan bo'lishi shart. Bunda yuzaga
keladigan tormozlash kuchi zaxirasi koefitsienti 1,5 dan kam bo'lmasligi kerak.
Yuk ko'tarish mashinalari mexanizmlarini avtomatik to'xtatishini ta'minlovchi
qurilma va uskunalar?
- Kryuklaming oxirgi ko'tarilgan xolatiga, yukni ilingan xolatida 200 - 300 mm
qolganda to'xtatilishi;
- Strelalik kranlarda strelani oxirgi ko'tarilish holatini chegaralovchi qurilma.
- Yuk ko'tarish kranlari va ulaming telejkalarini relslarda oxirgi holatlarga
etmasdan, 1.5 tormoz yo'li masofasida avtomatik tarzda to'xtatish uchun.
- Bir yo'lda harakatlanayotgan ko'prikli, chorpoyalik kranlami bir - biriga urilib
ketmasligini ta'minlovchi qurilma.
Ko'prikli va kozlovoy kranlarga xizmat ko'rsatuvchi personalni xavfsizligini
ta'minlovchi himoya vositalari?
- Ko'prikli kranlarda uni galereyasiga chiquvchi lyuklami qopqoqlari ochilgan
xolda kranni elektr kuchlanishdan uzib qo'yyadigan kurilma (elektr blokirovkalar).
- Kran kabinasiga kirish eshigiga o'matilgan elektr blokirovka eshik ochilgan
paytida kranni avtomatik ravishda elektr kuchlanishdan uzib qo'yadi.
Strelali kranlar (bashnyali, avtomobil, temir yo'l va pnevmog'ildirakli kranlar) da
xavfsizlik qurilmalari?
- OGP ( yuk ko'tarishni chegaralovchi ) - kran belgilngandan ko'p og'irlikdagi
yukni ko'targan vaqtda uni ag'darilib ketishni oldini olish maqsadida o'matilgan qurilma.
- Strelalik harakatlanuvchi kranlami ish joyida o'matilganda ulami og'ish
burchagini ko'rsatuvchi jixozlar (og'ish burchagi 3 gradusdan oshmasligi shart).
- Kran strelasining belgilangan chiqish (vlete) masofasida ko'tarish mumkin
bo'lgan miqdoridagi yukni ko'rsatuvchi jixoz.
24
|