«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə163/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NAZORAT UCHUN SAVOLLARI

  1. G‘arbiy Yevropadagi maorif bo‘yicha fikringizni bayon eting.

  2. Ritsar tarbiyasi haqida gapirib bering,

  3. Yevropaning dastlabki universitetlari?

  4. Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida ta’lim tamoyillari haqiga gapirib bering.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
3. Yo‘ldoshev J. G‘. Xorijda ta’lim. –T.: SHarq, 1995.
4. Muslimov N. A., Usmonboeva M. H., Sayfurov D. M., To‘raev A. B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. - T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015.

24-mavzu: Pedagogik mahorat va uning o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati

(2 soat amaliy mashg‘ulot)

Reja:

  1. Pedagogik mahorat asoslari fani va uning mohiyati.

  2. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti.

  3. O‘qituvchi shaxsi va kasbi




Tayanch iboralar: “Pedagogik mahorat” fani, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayonning harakat vositasi, komponent, o‘qituvchining kasbiy tayyorligi, tarkibiy qismlar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, o‘qituvchi va tarbiyachi.


Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‘lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog`liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo‘qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo‘ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‘lganligining o‘zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‘qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi.
A.S.Makarenko bo‘lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o‘rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin».
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilg`or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish prinsipining o‘ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog`liq bo‘lgan bilimlarni tanlab, ularni o‘zida mujasamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o‘quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin