«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə182/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiybiologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’-sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funktsiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi.
Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘zo‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin