NAZORAT UCHUN SAVOLAR
Kreativlik nima?
Pedagogik kreativlik nima?
Ta’lim jarayonida kreattibvlikning o‘rni qanday?
Pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv deganda nimfni tushunasiz?
O‘qituvchining ijodkorlik sifatlari haqida gapiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
2. Fayzullaeva N. Pedagogik bilimlar – o‘qituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi //Uzluksiz ta’lim j. – T.: 2006. 6-son. – 102-b.
3. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Met. qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. –115 b.
4. Turdieva M. Oliy ta’lim muasasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. – 38-42-b.
(2 soat seminar) Reja: Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim Shaxs ijtimoiylashuvi.
Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |