«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə176/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Yakka tartibda o‘qitish jarayonni tashkillashda individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. O‘qitishning barcha shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarida individual yondashish qo‘llaniladi, individuallashtirish, o‘quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasidir.
Bu o‘qitishning asosi, ta’lim oluvchining individual-pedagogik xususiyatlarini o‘rnatish hisoblanadi. Natijalar asosida, o‘qitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiya, qoida va jarayonlarga ko‘ra o‘qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishini ta’minlash, zamonaviy o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Individual va individuallashtirilgan o‘qitishda erishiladi.
Individual o‘qitish o‘quv jarayonining tashkil etishning shakli, pedagog
o‘quvchilar bilan yakka shug‘ullanadi, o‘quvchi o‘quv vositalari yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi. ;
Individual o‘qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning ta’lim oluvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. O‘quvchining bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi
Individual yondashish –pedagogik jarayonda pedagogning o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh va har bir o‘quvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o‘qitish o‘quv jarayonini tashkillashda shaxsiy yondashish asosida o‘qitish yo‘li, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini :

  • o‘rtacha ta’lim oluvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

SHaxsiy yondashishda quyidagilar zarur bo‘ladi:
Ta’lim oluvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha ta’lim oluvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak. SHaxsga yutuqni ma’qullab, qo‘llab, xayrixoh vaziyatlar yaratish, o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;Majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlik va kamchilikka urg‘u bermaslik, nafsoniyatiga tegmaslik;Pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.
Tabaqalashtirib o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika jarayonpariga asoslangan, maxsus tashkil ettirilgan ta’lim oluvchilarning guruhlarida, o‘quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi.
O‘qitishni tabaqalashtirish uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o‘qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratishdir.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin