«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə177/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Ta’lim tamoyili. Ma’lumki, eski musulmon davlatlarida o‘qitish jarayoni, yod olish muhim o‘rin egallagan. Lekin tushunishga va anglab olishga e’tibor bir oz kamroq ajratilgan. Ayni vaqtda mohiyati anglab olingan bilimgina amalda samarali qo‘llash mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonida xotirasi kuchli bo‘lgan talabalarning mavzuni shunchaki yuzaki yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Onglilik talabalarni yangi materialini idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyatdan sher yodlash va hokazolarning ifodalanishinigina emas, balki ularning hayotiy xodisalar, jarayonlar bilan boǵliq bo‘lgan mavzuni ham tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda material quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat xosil qilishni, emotsional kechinmalar uyǵotishni ham o‘z ichiga oladi.
Biz yaxshi bilamizki, ta’lim ikki tomonlilik xususiyatiga ega. Ta’lim jarayoni pedagog yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va talabalar o‘rganish jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik jarayon bo‘lib talabadan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagog qanchalik talim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin talaba tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, o‘quv jarayonida samaraga erishish mumkin bo‘lmaydi. Demak o‘quv jarayonida avval talabalarda faollikni uyǵotish zarur. Bu faollik bilish jarayoniga ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi. Talabalarda faollik holatini vujudga kelishda motivatsiyalar ahamiyatlidir.
Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki onglilik va faollikkina mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash, muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman onglilik, faolllik va mustaqillik o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi psixik holatlar deyish mumkin. Bilimlarni ongli o‘zlashtirish, bir tomondan, talabalarning mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida talabalarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Talabalar faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, talabalar ongliligini o‘stirish o‘qitishda yuksak samaradorlikka erishishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bo‘lishi tamoyili
Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlarini ko‘proq jalb etish o‘rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, ko‘rish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi. Ko‘rsatmalilik mavzuni o‘rganishda yengillik tuǵdirishi bilan birga talabada qiziqish ham uyǵotadi. O‘rganilgan mavzuni uzoq muddat esda saqlanishiga va qayta esga tushirishga yordam beradi.
Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish tamoyili
Ta’lim jarayonida biz talabalarni bilimlarni mustahkam esda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablardan biridir. O‘quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv materiallarini tizimli va ongli o‘zlashtirishga boǵliq. Avvalgi mashǵulotlarda hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar bazasining puxta bo‘lmasligi keyingi o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi o‘zlashtirilgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni o‘rganishda va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talim jarayonida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
Har bir talaba o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar har qancha unumli metodlardan foydalanmasinlar o‘quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini taminlash. Lekin talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga siǵmaydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil va ularni o‘rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida talabaning kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarini bilib olish mumkin. Talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarini tahlil qilish hamda shu muammolarning sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rejalashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o‘zlashtirishi bir oz pastroq bo‘lgan talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun talabaning yangi qirralarini kashf etishi e’tiborli.
Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘rganilayotgan bilimlar, xosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar talabalarni xaddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, o‘quv jarayoni talabalarning soǵligi, psixik holatiga salbiy tasir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir yosh xususiyatlarini chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar darajasini belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la olmaydi.
Ta’lim metodlari va ularning mazmuni
Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. Metod-yunoncha atama bo‘lib, usul, yo‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:
• So‘z orqali ifodalanadigan metod.
• Ko‘rgazmali metod.
• Amaliy metod.
• Ta’lim jarayonida talabalarni o‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha esa quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• O‘qitishning maruza (suhbat) metodi.
• O‘qitishning amaliy ishlar metodi.
• Laboratoriya ishlari metodi.
• Mustaqil ishlar metodi.
• Reprodukciv-evristik metod.
• Ilmiy-tadqiqot metodi.
• O‘qitishning muammoli-izlanish metodi.
• O‘qitishning induktiv va diduktiv metodi.
Axborotni so‘z orqali yetkazish va qabul qilishga qaratilgan birinchi guruh metodlariga: Hikoya, suhbat, maruza kabilarni kiritish mumkin.
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘qitish va fikrlarni bayon qilish metodi sifatidagi imkoniyatlari boshqa metodlarga nisbatan yuqoridir.
Hikoya qilish - pedagog tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishdi, obrazlarga xarakteristika berishdi, tabiat hdisalari va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo‘l keladi.
Hikoya qilish davomida talabalar pasiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Talabalarning diqqatini tasvirlanayotgan ob’ektga qaratibgina qolmay balki xuddi shu ob’ekt haqida ular ongli va aktiv fikr yuritishlarini ham taminlamoq lozim.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin