O‘qish -BKMlarni egallab olishning murakkabjarayoni bo‘lib, ta’lim oluvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch -g‘ayratini talab etib ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
O‘qitish mazmun–mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon vaharakatlar bilan bog‘liq, ular yordamida ta’lim oluvchilar ma’lum bilimlarni o‘zlashtiradilar. O‘qish va uning samaradorligi ta’lim oluvchining har tomonlama faolligiga bog‘liq va bu jihatlar turli shakllarda M: mehnat, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o‘yinlarni yaxshi ko‘rishligi, o‘z kasbiga oid bilimlarni egallashda namoyon bo‘ladi. O‘qish jarayoni motivlashtirishdan vujudga kelib shaxsning qarashlari, harakati, kamoloti, xulqiga ta’sir etadigan BKM lar majmuasining shakllanganligiga bog‘liq.
O‘qitish jarayonida o‘qituvchining faoliyat uslublari
An’anaviy, ilg‘or, konservativ
An’anaviy usulda o‘qitishning jiddiy kamchiligi
Mustaqil ta’limga asoslanganligi
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy jarayonlar xos bo‘ladi:
O‘qitishning interfaol usullarining asosiy turi
Kognitiv, eksperimental, amaliyot orqali o‘qitish, rolli o‘yinlar va modellashtirish;
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo‘yicha kuyidagicha : avtoritar; didaktik yo‘naltirilgan;
ijtimoiy yo‘naltirilgan; antropologik yo‘naltirilgan;
pedagogik yo‘naltirilgan; shaxsga yo‘naltirilgan;
hamkorlikka yo‘naltirilgan; erkin tarbiyaga yo‘naltirilgan;
O‘qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifodalangan o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot davrda o‘qitish samaradorligi, ta’lim oluvchining o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq O‘qitish texnologiyasining 2 turi bor: Avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi, ta’lim oluvchilar esa faqat “ob’ekt” vazifasini bajaradi. Ta’lim oluvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. An’anaviy o‘qitish avtoritar texnologiyaga taalluqli. A. Komenskiy ifodalagan, didaktika jarayonlariga asoslangan o‘qitishning sinf-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi An’anaviy o‘qitish quyidagicha: o‘qitishning tushuntiruv ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. Avtoritarlik quyidagicha: ta’lim oluvchi to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa –bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs
O‘qitishning sinf-dars tizimi, xususiyatlari:
Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talablar asosida sinfni (guruhni) tashkil etadi;
sinf yagona o‘quv reja, mashg‘ulotlar jadvali o‘quv dasturlar bilan shug‘ullanadi;
mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars, u 1 fan mavzuga bag‘ishlanadi va pedagog boshqaradi;
O‘quv kitoblari uy ishlari uchun an’anaviy o‘qitish BK larni o‘zlashtirishga qaratilgan, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, Ya. A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika jarayonlari tashkil etadi:
ilmiylik;
tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi);
uzviylik va tizimlik;
o‘zlashtiruvchanlik (soddadan murakkabga) mustahkamlik (takrorlash, )onglilik va faoliyat (qo‘yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bajarishga faol bo‘lgan) nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.
SHuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi - ta’lim oluvchining fikrlash va harakatini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim.
SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar jarayonlari: Insonparvarlik, insonga har tomonlama hurmat va muhabbatko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;
Hamkorlik, pedagog va ta’lim oluvchilar munosabatidagi tenglik, sheriklik;
Erkin tarbiyalash, shaxsga hayot faoliyatini tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hisiyotlardan keltirib chiqarish.
SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi -Ta’lim oluvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilardir:
ta’lim oluvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, ta’lim oluvchining erkin tanlab olish huquqi; xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqipedagog va ta’lim oluvchi munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Samarali natija bermaydigan hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechish muhim. Tarbiya jarayonida jazolash insonni kamsitib, rivojlanishini susaytiradi, itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi: o‘quv manbasiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish; ishonchga asoslangan erkin talabchanlik ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;jamoa orqali usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Yangi shaxsiy yondashuvning mohiyati, ta’lim tizimida o‘quv fanidan ta’lim oluvchiga emas, ta’lim oluvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, ta’lim oluvchilarning imkoniyatini inobatga olib, rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan.
O‘qitishning yuqori oliy pog‘onasi individual o‘qitishdir.
Umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo‘yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan salbiy tomonlari ham mavjud bo‘ladi.