NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan va ularning maqsadlarini sanab bering.
2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish qanday natija beradi?
3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda Pedagogik kasbining o‘rni nimalarda deb bilasiz?
Foydalanilgan ADABIYOTLAR 1. Sh.M.Mirziyoyev. Insonparvarlik,ezguklik,va bunyodkorlik milliy g‘oyamizning poydevoridir. 2021 yil.
2. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O‘zbekiston 2015-yil
Tayanch iboralar: o‘qitish, o‘qis, hvosita, pedagogik faoliyat, sinf-dars tizimi
O‘qitishning shaxs uchun muhimligi. O‘qitish–insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish vafaoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan BKM lar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. Natijada shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qitishda tarbiyaviy jihatlari yaqqol bilinadi. Ta’lim maqsad, mazmun, pedagogning shaxsi, ta’lim oluvchilardagi o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo‘lishining eng muhim sharti uni bolaligidan o‘qitish va tarbiyalash, deb hisoblaydi.
O‘qitish - ta’lim-tarbiya oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan tarbiyachining faoliyati.
O‘qitish -pedagogik faoliyat bo‘lib, bilim malaka, ko‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O‘qish - o‘quvchining bilim, malaka ko‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishshsh ta’minlaydi.