«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə170/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste’dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi, iste’dodining yuksak cho‘qqisi – uning intellektini belgilaydi. “Intellekt – bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati” (Veksler), ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Biroq, kishidagi tabiiy layoqat nishonalari mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta’minlamaydi. Kishi o‘zidagi layoqat nishonalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak, bu esa faqat shijoatli kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
O‘qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari. Pedagogik qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda o‘qituvchi o‘z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ta’limtarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: “Ta’lim – tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchi o‘z pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste’dodning o‘qituvchida yo‘qligi natijasida ro‘y beradi”.
Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faqat o‘zlari egallagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadilar.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin