Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma’naviy – axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari, qadriyatlari, urf – odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o‘lkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va hokazo.
Nazorat uchun savollar:
“Pedagogik mahorat” ga ta’rif bering?
Pedagogik mahoratni shakllantiruvchi omillar?
O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
“Pedagogik mahorat” fanining vazifalari nimalardan iborat?
“Pedagogik mahorat” fanining asosiy tarkibiy qismlari?
Pedagog kasbiga ta’rif bering?
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent; “Sharq”, 1997, 20-29 betlar.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat–engilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2009. – 176 b.
Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent, O‘qituvchi, 2000.
Barkamol avlod orzusi. – T.: “O‘zbekiston milliy ens iklopediyasi”, 2000 y.
Dostları ilə paylaş: |