DJ=M+AO‘f + Ao‘fb Bu yerda:
DJ – didaktik jarayon.
M – motivatsiya.
A O‘f – o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi.
A o‘fb – o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsionalirodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
O‘qitish jarayonining bosqichlari. O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.