«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə118/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NaZorat uchun savollar:

  1. Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi?

  2. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?

  3. Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?

  4. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.

  5. Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.


14-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari.

(2 soat amaliy mashg‘ulot)

Reja:

  1. Metod, usul va texnologiya.

  2. Ta’lim usuli

  3. Pedagogik texnologiya

  4. Ta’lim metodlari tasnifi

  5. Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.




Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv -bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tush uniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Ta’lim usuli – o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin