«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə121/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

O‘rgаtish mеtоdlаri

O‘rgаnish mеtоdlаri

Ахbоriy-mа’lumоtli

Ijrо etish (bаjаrish)

Tushuntirishli

Rеprоduktiv

Ko‘rgаzmаli-аmаliy

Ijоdiy-аmаliy

Tushuntirishli-undоvchi

Qismаn izlаnishli

Undоvchi

Izlаnishli

Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi Yu.K.Babanskiy):

  • Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.

  • Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.



4-jadval Ta’lim metodlari tasnifi
4-jadval

O‘rgаnilаyotgаnlаrini o‘zlаshtirishgа dа’vаt qilish mеtоdlаri

YAngi mаtеriаlni аnglаsh mеtоdlаri

O‘rgаnilgаnlаrini fikrlаshgа imkоn bеruvchi mеtоdlаr

Erkin yozish. Klаstеr.
Аqliy hujum.
B-B-B chizmаsi.
Chаlkаshtirilgаn mаntiqiy zаnjirlаr kеtmа-kеtligi.
Sеmаntik хususiyatlаr
tаhlili.

Sеmаntik хususiyatlаr
tаhlili.
B-B-B chizmаsi.
O‘qitish bo‘yichа qo‘llаnmа.
Bir-birigа o‘rgаtish.
Bir-biridаn so‘rаsh.
Ikki qismli kundаliklаr.

Eng аsоsiy tushunchаlаr, tаkrоrlаsh.
T-chizmа.
Kоntsеptuаl jаdvаl.
Vеnn diаgrаmmаsi. Nilufаr guli.
Bеsh minutlik esе.
O‘n minutlik esе.

Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yasi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Amaliy metod – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab er maydoni, isiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • Tа’limning umumiy mаqsаdlаri.

  • Fаnning vа o‘rgаnilаyotgаn mаvzuning mаzmuni hаmdа o‘zigа хоsliklаri.

  • Birоr fаnni o‘qitish mеtоdikаsining o‘zigа хоsliklаri.

  • Mаtеriаlni o‘rgаnishgа аjrаtilgаn vаqt.

  • O‘quv mаshg‘ulоtining mаqsаdi, vаzifаlаri vа mаzmuni.

  • O‘quvchilаrning yoshi vа bilish imkоniyatlаri.

  • O‘quvchilаrning tаyyorgаrlik dаrаjаsi.

  • Tа’lim muаsаsаsining mоddiy tа’minlаngаnligi.

O‘qituvchining nаzаriy, аmаliy vа mеtоdik tаyyorgаrligi, pеdаgоgik mаhоrаtni egаllаgаnlik dаrаjаsi.
Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi.
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi.
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya optimal hisoblanadi.
Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi.
O‘qituvchining vazifasi – dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:

  • faoliyat sub’yektiga ko‘ra;

  • faoliyat ob’yektiga ko‘ra;

  • o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.

Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi. O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya – abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).
Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar – mantiqiy muhokama. Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘liq.
O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi:

  • o‘quv kinofilmlari;

  • diafilmlar; kompyuterlar;

  • magnitofon tasmalari;

  • radioeshittirish;

  • teleko‘rsatuvlar.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin