Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda pedagogning ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida ta’lim oluvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog va ta’lim oluvchi yakkama-yakka o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar, talaba o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individuallashtirilgan o‘qitish – bunday o‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o‘qitish yo‘llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bunda o‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
Innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish
Interfaol - ingliz tilidagi «interact» (rus tilida «interaktiv») so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, «act» – harakat qilmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Interfaol ta’lim – bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim
Interfaollik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari
Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;