«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə30/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

35-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli davlat ta’lim muasasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va mutaxasisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Profesional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Profesional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq mutaxasislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin