55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, profesional ta’lim muasasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, profesional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muasasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komisiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi.
56-modda. Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalash Alohida sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muasasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muasasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish 57-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Ta’lim inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi.