73-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
74-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan va ularning maqsadlarini sanab bering.
2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish qanday natija beradi?
3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda Pedagogik kasbining o‘rni nimalarda deb bilasiz?
Foydalanilgan ADABIYOTLAR 1. Sh.M.Mirziyoyev. Insonparvarlik,ezguklik,va bunyodkorlik milliy g‘oyamizning poydevoridir. 2021 yil.
2. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O‘zbekiston 2015-yil
2-mavzu: Pedagogika fanining ilmiy izlanish metodologiyasi va metodlari. (2 soat ma’ruza)
Reja: 1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. 2. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 3. Pedagogik fanlar tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi.