Nazorat uchun savollar: 1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?
3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Mavlonova R. Va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001.
5. Podlasiy I. P. Pedagogika. Noviy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados.
6. Karimov. I. A. Barkamol rivojlangan avlod - O‘zbekistontaraqqiyotining poydevori.
7. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., Morxova I. V., Markendudi M. A. Teoriya i praktika obщey pedagogika. T.: TGPU, 2013.
8. Yuzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.
9. Pedagogika. // M. To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.
10. Ibragimov X. I., Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
4-mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan.
(2 soat ma’ruza)
Reja:
1. Pedagogika fanining predmeti.
2. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari.
3. Pedagogika fanining vazifalari.
4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch iboralar: bola, metod, pedagogiya, deskriptiv, perskriptiv, intervyu metodi, anketa metodi, Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik tarbiya.
Pedagogika fanining predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. SHu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o‘rganadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi