Nazorat uchun savollar: 1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?
3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Mavlonova R. Va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001.
5. Podlasiy I. P. Pedagogika. Noviy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados.
6. Karimov. I. A. Barkamol rivojlangan avlod - O‘zbekistontaraqqiyotining poydevori.
7. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., Morxova I. V., Markendudi M. A. Teoriya i praktika obщey pedagogika. T.: TGPU, 2013.
8. Yuzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.
9. Pedagogika. // M. To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.
10. Ibragimov X. I., Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
6-Mavzu: Ta’limning mazmuni
(2 soat amaliy mashg‘ulot)
Reja
Ta’limning mazmuni va mohiyati.
Ta’lim jarayoni maqsadi.
Ta’limning tashkiliy shakli.
Ta’limga oid vositalar.
Tayanch iboralar: Ta’lim, ta’lim oluvchilar, nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, o‘qitish va o‘qish jarayonlari.
Ta’lim - bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bo‘lib, muayyan ko‘nikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini, e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo‘lib va o‘qitishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim –ta’lim oluvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim o‘qitish va o‘qish jarayonlaridir.
Ta’limning boshlang‘ich vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Ta’lim 1-dan o‘qishni, 2-dan o‘qitishni, o‘qishni uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim berish – ta’lim oluvchining aqliy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayonidir. Bu ta’lim oluvchilarning o‘qish – o‘qitish jarayonining mazmun – mohiyatini ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi. Ta’lim-bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish jarayoni, kishini hayotga hamda mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim va tarbiya bog‘liq, ma’lumot ularning natijasidir.
Ta’limning boshlang‘ich vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Ta’lim 1-dan o‘qishni, 2-dan o‘qitishni, o‘qishni uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim berish – ta’lim oluvchining aqliy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayonidir. Bu ta’lim oluvchilarning o‘qish – o‘qitish jarayonining mazmun – mohiyatini ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi. Ta’lim-bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish jarayoni, kishini hayotga hamda mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim va tarbiya bog‘liq, ma’lumot ularning natijasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni- ta’lim oluvchilar his-tuyg‘ulari, ongi, xususiyatiga maqsadga muvofiq ta’sir etib, BKM va shaxsiy fazilatlar shakllantirish tizimi ekanligi kelib chiqadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari :
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari ta’lim beruvchi va oluvchi. Ta’lim beruvchining BKM, shaxsiy fazilatlari ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy qismlariga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Ta’lim beruvchi tegishli ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarligi mavjud va yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozim. Vazifasi ta’lim oluvchilarni o‘rgatishdir.
O‘rgatish- ta’lim maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O‘rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko‘nikmalarining ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo‘llab tushuntirish, ko‘rsatish va mashqlarni amalga oshirish jarayoni.
O‘rgatish – ijtimoiy xulq – atvorni oddiy shaklga aylantirish maqsadida ta’lim oluvchilar bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.. Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tarkibi sifatida ta’lim oluvchi ham ishtirok etadi. Ta’lim oluvchilarning vazifasi esa o‘rganishdir.
O‘rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq – atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni. O‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
Nima uchun?: Ta’lim maqsadlari
Maqsad – qo‘yilgan muammo (maqsad) yechimiga intilishi yo‘nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi.
Maqsadlar ta’limni boshqaruv faoliyatiga qarab, bir oddiy ta’limiy masala yechimiga qaralishidan tortib, uzluksiz ta’lim tizimidagi turli faoliyatlargacha belgilanib berilaveradi.
Ta’lim maqsadlari- muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan BKM va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi.
Ta’lim maqsadlari oldindan ko‘zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Har qanday dars aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonidir. Maqsadlar aniq bo‘lsa, mazmunini belgilash va didaktik nuqtai nazardan ishlab chiqishga kirishish mumkin. Darsning maqsadlari oldindan aniqlanadi. Aniqlangan ta’lim maqsadlari, dars mazmuni bo‘yicha qaysi nazariy manbalarni tanlash, uni o‘tkazish bo‘yicha qanday metodik va didaktik vositalardan foydalanish lozimligini belgilab beradi. Maqsadlar yozma ravishda dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan-erishilmaganligi baholash yordamida tekshiriladi va mustahkamlanadi.
Nimani?: Ta’lim mazmuni
Ta’lim mazmuni – insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan BKM lar hajmi va xususiyati.
Ta’lim mazmuni belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega. U tegishli me’yoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Ta’lim mazmuni to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritish, yangilanib borish imkoniyatlari nazarda tutilishi lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatlari, mashg‘ulot turlari aniqlanadi. Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (dars mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli amaliy ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarni inobatga olishi kerak.
Ta’lim metodlari
Maqsad va mazmunlar aniq bo‘lsa, shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim.
Ta’lim metodi – ta’lim jarayonida pedagog va ta’lim oluvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilar faoliyatiga ko‘ra tavsiflangan “faol”, “nofaol” va “interfaol metodlar” pedagog tomonidan tanlab olinadi va qo‘llaniladi.
Qay tarzda?: Ta’limni tashkil etish shakllari
Aytilganlar vaqt omilini inobatga olgan holda tashkil qilinishi kerak. Har bir dars uchun aniq vaqt me’yorlari bor va shu vaqt doirasida o‘quv maqsadlarga erishish lozim. Puxta reja, unumli tashkillashtirish ham kerak.
. Vaqt davomi va o‘quv joyi tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. O‘rgatish va o‘rganishni tashkil qilishning turli shakllari mavjud
SHakl - o‘quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi, mazmuni uchun qobiq.
Ta’limning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir bo‘ladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Ta’limning tashkiliy shakllari quyidagicha :
Ta’lim oluvchilar: jamoaviy, guruhli, yakka tartibda.
Ta’limning tashkiliy shakllari
Jamoa Guruh Yakka
Kichik guruh Juftlikda Guruhlararo
Guruhlarni shakllantirish yo‘llari
Majburiy Ixtiyoriy Tasodifiy
. Vaqt davomi va o‘quv joyi tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. O‘rgatish va o‘rganishni tashkil qilishning turli shakllari mavjud
Shakl - o‘quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi, mazmuni uchun qobiq.
Ta’limninig tashkiliy shakli Dars
Ta’limning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir bo‘ladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Ta’limning tashkiliy shakllari quyidagicha :
Ta’lim oluvchilar: jamoaviy, guruhli, yakka tartibda.
Tayyor o‘quv-didaktik manbalar yo vositalar bo‘lmasa, ularni tayyorlash kerak. Ta’lim vositalari foydalanilishi jihatidan 3 qismga ajratiladi:
Ta’lim beruvchi uchun; Ta’lim oluvchi uchun; Dars o‘tkazish uchun.
Ta’lim beruvchi uchun vositalar: o‘quv-metodik qo‘llanma, uslubiy tavsiya, ishlanma, o‘quv dastur, dars rejasi, ma’ruza audiovizual vositalar, texnik vositalar, aniq vositalar.
Tanlangan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldiradi. Ta’lim vositalarining xususiyatlariga ko‘ra 3 turga ajratiladi:
Bosma, texnik va real vositalar.
Bosma, Texnik, Real,
Matnli Audiovizual Modelli
Tasviriy Yoritqich jihoz Haqiqiy
Ta’lim metodlari
amaliy, og‘zaki, ko‘rsatmali
Ta’lim mazmunini takomillashtirish
Ta’lim va tarbiyaga yangicha yondashish, yangi uslub, shakl, vositalardan unumli foydalanish
Ta’limning tashkiliy shakli
belgilangan tartibda sodir bo‘ladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Ta’lim ta’rifi
ta’lim oluvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim metodi
ta’lim jarayonida pedagog va ta’lim oluvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir..
Ta’lim mazmuni ta’rifi
Insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri..
Ta’lim vositalari ta’rifi
O‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi har qanday axborot tashuvchilardi
Ta’limga ta’rif
Ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayoni
Ta’lim axboroti
Muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda qo‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilim.
Ta’lim texnologiyasi.. .. ..
Ta’lim jarayonining yuksak mahorat, sanoat darajasida tashkil etilishi.
Darsni bir butun qilib turuvchi qismlar
O‘quv dasturi, taqvimiy reja, darslik, o‘quv qo‘llanma
Ta’lim mazmunini takomillashtirish
Ta’lim va tarbiyaga yangicha yondashish, yangi uslub, shakl, vositalardan unumli foydalanish
Ta’limning mazmuni
Mazmun vazifaga qarab belgilanadi
Ta’lim natijalari
Natija – dars mashg‘ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va ta’limning ma’lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir
Pedagog -o‘zini hamda darsning sifati qanday bo‘lganligi tekshirish, “Men oldimga qo‘ygan maqsadlarimga erishdimmi?” degan savolga javob berishi kerak. Natijalar bo‘lishi muhim
Ta’lim dasturi quyidagi tamoyilga asoslanib tuziladi:
bolalarga yetarli bilim berish;
har bir yoshga xos bilim va malakalar;
bilim va malakalarni sekin-asta murakkablashtirib borish; materialning bir maqsadga qaratilganligi;
maqalliy materiallardan foydalanish; tabiatdagi voqealar;
ta’limga doir bo‘limlar orasidagi bog‘liqlik.
Didaktik o‘yinli darslarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmon-lar o‘yini, konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
Munozarali darslar
Munozarali darslar muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi.
Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1. Ilmiy munozara darslari;
2. Erkin fikrlash darslari.
Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Mazkur dars oldida quyidagi vazifalar turadi:
1. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.
2. O‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo‘llanishi orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
3. O‘quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish.
4. O‘quvchilarni nutq madaniyatini o‘stirish, o‘z fikrlarini lo‘nda va mantiqan to‘g‘ri bayon etish, ularda dalillash ko‘nikmalarini hosil qilish.
M: Biologiya fanidan munozarali darslar «Odamning paydo bo‘lishi», «Erda hayot paydo bo‘lishi va dastlabki rivojlanish», «Genetika asoslari» kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi.
Seminar darslari o‘quvchilar o‘quv materialini o‘qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o‘rganadilar. Bunday darslar o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi, o‘quvchilarning seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarligi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish xisoblanadi.
O‘quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.
1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o‘qib chiqishi.
2. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o‘z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.
3. Seminar topshirig‘i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o‘qiganlarini idrok etishi, mag‘zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.
4. O‘quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo‘lishiga erishish.
5. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini yozishi.
Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchining kirish so‘zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida xal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bayon etiladi.
2. Seminar savollariga binoan o‘quvchilarning javoblari tinglanadi.
3. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.
4. Seminar mashg‘ulotlarini yakunlash unda o‘quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.