Nazorat uchun savollar:
Ta’limning mazmuni nima?
Ta’lim jarayoni maqsadi nimaga qaratilgan bo‘ladi?
Ta’limning tashkiliy shakli haqida gapirb bering.
Ta’limga oid vositalariga nimalar kiradi?
Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlariga nima kiradi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Mavlonova R. Va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001.
5. Podlasiy I. P. Pedagogika. Noviy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados.
7-Mavzu: O‘qitish jarayoni (2 soat amaliy mashg‘ulot) Reja: 1. O‘qitish jarayonining mohiyati va vazifalari. 2. O‘qitish jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari. 3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining xususiyatlari. 4. Talimning tizimli va izchil bo‘lishi.
Tayanch iboralar: Didaktika, ta’lim, o‘qish, o‘qitish, mustaqil, kuzatish, tushuntirish, metod, induktiv, produktiv, evristik, tamoyil, ko‘rgazmali, fanlalararo boǵliqlik, hayot bilan boǵliqlik, o‘z ustida ishlash, uzluksiz ta’lim.
O‘qitish jarayonining mohiyati va vazifalari. O‘qitish jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, yani talim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika shuǵullanadi.
Didaktika – grekcha so‘z bo‘lib, ”didasko”, yani o‘qitish, o‘rgatish ma’nolarini beradi. Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari, shakllari xaqidagi bilimlarni taqdim etiladi.
Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘quvchi, talabaga tasir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi talim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga boǵliq. Mutaxasis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ta’limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha manoni bildiradi. Ya’ni: talim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar xosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir.
Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shaklantiriladi.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, yani unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |