Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Bazarov



Yüklə 20,8 Kb.
səhifə1/3
tarix25.07.2023
ölçüsü20,8 Kb.
#137363
  1   2   3
Rektor Kubogi –QarMII





TASDIQLAYMAN”
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori________O. Bazarov
___”__________2023-yil


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Zakovat” intellektual o’yini
Rektor kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM



  1. Umumiy qoidalar

“Zakovat” oʻyini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ 96-son qaroriga muvofiq oʻtkaziladi. “Zakovat” intellektual o’yinining “Rektor kubogimusobaqasi (keyingi o’rinlarda “Musobaqa” deb yuritiladi) talaba yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.



  1. Tanlovni tashkil etish va o’tkazish tartibi

  1. Musobaqa tashkilotchisi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti maʼmuriyati.

  2. Musobaqada institutdagi har bir fakultetdan bittadan, jami 7 ta jamoa qatnashadi. Jamoa maksimal 6, minimal 4 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Jamoa faqatgina bakalavr (kunduzgi) darajasida o‘qiyotganlardan shakllantiriladi. Jamoa a’zolarini belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo’lishlarini ta’minlashga jamoa sardori mas’ul hisoblanadi. Musobaqada ishtirok etishni istagan jamoalar jamoa tarkibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. (1-ilova)

  3. Zakovat” intellektual o‘yini - jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda jamoalar belgilangan vaqt ichida savollarga javob berish bo‘yicha musobaqalashadi. O‘yin davomida jamoalarning maqsadi raqib jamoalarga qaraganda ko‘proq savollarga javob berishdir.

  4. Jamoa tarkibiga kiritilgan bilimdonlarning faqatgina bir jamoada bo‘lishlari jamoa sardori tomonidan kafolatlanishi lozim. Agar jamoa tarkibidagi bilimdonlardan faqat bir jamoada emasligi ma’lum bo‘lsa, unda jamoa musobaqadan chetlatiladi.

  5. Musobaqa 2023-yilning 10-yanvar kuni o‘tkaziladi.




  1. Savol-javob jarayoni

  1. Jamoalarga musobaqada 2 ta tur davomida 24 ta (har bir turda 12 tadan) savol beriladi.

  2. Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘ladi.

  3. Jamoalarga bir paytda, bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo‘ladi. Maxsus javob blankining yuqori qismida albatta jamoa nomi, savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankining bir tomonida bo‘lishi kerak.

  4. Bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi.

  5. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana ko‘shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 gacha ovoz chiqarib sanaydi.

  6. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan so‘ng jami 1 daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankini baland ko‘targan holda turishlari lozim.

  7. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va hisob komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini jamoa a’zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  8. O‘z vaqtida javob blankasini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ochko berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankasiga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi.

  9. Javob varianti tushunarli husnixat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko’zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.

  10. Javob blankasida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi.

  11. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variantlari hisobga olinmaydi. Masalan, savolning to‘gri javobi “Qulf va kalit”. Bunday vaziyatda jamoa javob blankiga “Qulf” so‘zini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya qo‘shib qo‘ydi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul qilinmaydi va ochko berilmaydi.

  12. Jamoalar musobaqa davomida qo‘shimcha manbaalardan (telefon, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda jamoa a’zolari to‘liq tarkibi bilan musobaqadan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor kilinadi.

  13. Jamoa a’zolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variantlarini aytish qat’iyan taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda javob variantini aytishga uringan tomoshabin tanlov o‘tayotgan bino hududidan chiqarib yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu savol uchun bergan javobi qabul qilinmaydi.

  14. Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga halaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulotda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima sifatida ochko olib qo‘yilishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa, jamoa musobaqadan chetlatiladi va jamoaning barcha ochkolari bekor qilinadi.




  1. Tashkiliy guruh va hisob komissiyasi

  1. Tanlovni saviyali o‘tkazish maqsadida tashkiliy guruh shakllantiriladi.

  2. Tashkiliy guruhga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  1. Tanlovni sifatli savollar bilan ta’minlash;

  2. Savollarning maxfiyligini kafolatlash;

  3. Tanlovdagi fors-major holatlarini odilona baxolash;

  4. Tanlov nizomiga bo‘ysunmagan jamoalarni qoida bo‘yicha jazolash huquqiga ega bo’ladi.





  1. Yüklə 20,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin