Musobaqa g’oliblarini aniqlash va taqdirlash Har bir savolga bir ochkodan beriladi. Musobaqaning yakuniy turida eng ko‘p ochko olgan jamoalar g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan ochkolari ham inobatga olinadi.
Agar sovrinli o‘rinlar uchun ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochko olsa, unda ular o‘rtasida birinchi to‘gri javobgacha qo’shimcha savollar beriladi. Sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmaydigan bir nechta jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilmaydi.
Musobaqada g‘olib jamoalar (1-2-3-oʻrin) mos ravishda3,1.8,1.2 mln soʻm pul mukofoti va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
VI. Apellyatsiya tartibi Tanlovda yuzaga keladigan baxsli vaziyatlarni hal qilish uchunApellyatsiya hay’ati (keyingi o‘rinlarda – Hay’at) tashkil etiladi. Apellyatsiya davomida Hay’at bilan asossiz tortishgan jamoadan 1-3 ballgacha ochko ayiriladi.
Tanlov yakunida jamoalar natijalari e’lon qilingach jamoalar Hay’atga murojaat bilan chiqishi mumkin. Turlar o‘rtasida yoki musobaqa davomida apellyatsiya berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi mazmundagi apellyatsiyalar qabul qilinadi: javobni to‘gri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya - jamoaning hisob komissiyasi ochko bermagan savol(lar)ga bergan javobini hisoblash uchun qilgan murojaati;
savolni noto‘gri deb hisoblash bo’yicha apellyatsiya - jamoaning savol matnida yoki javobida faktik xatolar borligi uchun savolni hisobdan chiqarish to’g’risida qilgan murojaati.
Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning javobini hisoblash yoki hisoblamaslik bo’yicha) qabul qilinmaydi.
Apellyatsiyalar faqat jamoa sardorlari tomonidan ariza asosida yozma yoki og’zaki ravishda beriladi.
Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortiq vakilning Hay’at oldiga kelishi, yaqinlashishi,apellyatsiya jarayoniga aralashishi qat’iyan man etiladi. Ushbu holatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish huquqidan mutlaqo mahrum etiladi va shu holat yuz bergungacha apellyatsiya natijasida hisoblangan ochkolari ham bekor qilinadi.
Apellyatsiya mahsus tayinlangan Hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonga boshqa shaxslarning aralashishi ta’qiqlanadi.
Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbaalardan foydalanish mumkin.