Tasdiqlayman” Qashqadaryo viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i V. Ro‘ziyev


VIII-bob. Musobaqani moliyalashtirish manbalari



Yüklə 86,25 Kb.
səhifə6/9
tarix27.03.2023
ölçüsü86,25 Kb.
#90550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAG 2023-yil Musobaqalar nizomi GIMNASTIKA

VIII-bob. Musobaqani moliyalashtirish manbalari

  1. Musobaqalar o'tkazilishining moliyalashtirish shartlari:

O'zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi "Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini srort musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 121-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag'larini sarflash tartibi to'g'risida"gi NIZOMning 18 va 19-bandlariga muvofiq sarf-xarajatlar vazirlik tomonidan, ayrim hollarda federatsiya va homiylar tomonidan qoplanishi mumkin.
musobaqaning ishtirokchilari sportchilar, trenerlarning ovqatlanishi, yotoqxona va yo'l xarajatlari safarga yuborgan tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
musobaqalarda ishtirok etuvchi hakamlar, xizmat qiluvchi xodimlarning xarajatlari boshqarma tomonidan qoplanadi. Ayrim hollarda federatsiya va homiylar tomonidan qoplanishi mumkin.

  1. Musobaqalarning moliyalashtirilishi yuzasidan ushbu Nizomning moliyalashtirish shartlariga boshqarma tomonidan (zaruriyat hollarda) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.

IX-bob. Musobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko'rib chiqish

  1. Musobaqa natijalari bo'yicha shaxsiy yoki guruh mashqlari bo'yicha qo'yilgan D (elementlar qiymat) balldan norozi bo'lgan taqdirda, baholarni qayta ko'rib chiqish yuzasidan murojaatlarni hakamlar hay' atiga topshiriladi.

  2. Musobaqa natijasi bo'yicha murojaatlar jamoaning rasmiy vakili tomonidan sportchining yoki guruhning familiyasi, ismi va otasining ismi ko'rsatilgan holda snaryadda D (elementlar qiymat) hakamlar brigadasini aniq ko'rsatib, yozma ravishda beriladi.

  3. Murojaatlar yakuniy natijalar e'lon qilinishi bilan 1 daqiqa davomida og'zaki tarzda, yozma murojaat esa mashqning videosi bilan barcha hakamlar brigadasinging yakuniy baholari qo'yilgach 3 daqiqa davomida musobaqa bosh hakamiga beriladi. Agar norozilik murojaati 3 daqiqa davomida yozma tarzda tasdiqlanmasa, murojaat bekor qilinadi. Kech taqdim etilgan murojaatlar qabul qilinmaydi.

  4. Bir jamoa vakili boshqa jamoa sportchisiga norozilik murojaati berishi mumkin emas.

  5. Qabul qilingan qaror natijasi bo'yicha murojaat qilgan rasmiy vakilga yozma (yoki og'zaki) tartibda javob berilishi ma'lum qilinadi.

  6. Musobaqaning bosh hakamlar hay'ati D (elementlar qiymati) ball bo`yicha murojaatni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra musobaqa yakuniy bahoni bekor qilishi yoki unga tegishli o'zgartirish kiritishi mumkin.

  7. Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, musobaqaning bosh hakamlar hay'ati tomonidan norozilik murojaati ijobiy baholanilgan taqdirda norozilik badali to'lanmaydi.

Musobaqaning bosh hakamlar hay'ati tomonidan norozilik murojaati salbiy baholanilgan taqdirda, har bir norozilik murojaati uchun
300 000 so'm miqdorda norozilik badali federatsiya hisob raqamiga o'tkaziladi.

  1. Federatsiyaning ijro qo'mitasi murojaatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


Yüklə 86,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin