Tasdiqlayman” Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri U. Kamolov



Yüklə 41,26 Kb.
səhifə1/3
tarix27.01.2023
ölçüsü41,26 Kb.
#81321
  1   2   3
ҚИЗИЛТЕПА йиғилиш баёни 0808





TASDIQLAYMAN”
Qiziltepa tuman xalq ta’limi
bo’limi mudiri


_______________ U.Kamolov

____”“______” 2022-yil





Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida O’zbekiston Respublikasining
2022 йил 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi
788-sonli qonunini mazmun mohiyatini tushuntirish to’g’risida o‘tkazilgan yig‘ilish


BAYONI № _______


18-oktyabr 2022-yil Qiziltepa tumani



Raislik qiluvchi:




U.Kamolov










Qatnashganlar:




Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.Kamolov,
Tuman xalq ta’limi bo‘limi barcha mas’ul xodimlari,
Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridirektorlari, O‘TIBDO‘lari, MMIBDO‘lari (ro‘yxat asosida).



KUN TARTIBI:
1. O’zbekiston Respublikasining 2022 йил 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli qonuni to‘g‘risida
(U.Kamolov, Sh.Vafoyev, A.Narziyev, Sh.Arziqulov, G.Sagdullayeva, O.Tilavov, U.Kamolov)

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri U.Kamolov so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining 2022 йил 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli qonuni to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazdi.


Yig‘ilish davomida kadrlar bo’yicha inspektor metodist F.Kamolov so‘zga chiqib,ushbu qonun 10 bob 64 moddadan iboratligi, Qonunning mazmun mohiyati, Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:
davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʼyxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega boʼlgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma;
davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʼlanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi;
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur boʼlgan bilimlar, malakalar va koʼnikmalar majmui;
davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozim;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart boʼlgan odob-axloq normalari majmui;
malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʼlayotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetentsiyasiga doir talablar .
Ushbu qonunning 5-moddasida Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
qonuniylik;
adolatlilik;
xalqqa xizmat qilish;
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
xolislik, professionallik va kompetentlik;
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi, Qonun to’g’risida yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi.

Majlis yakunida ushbu tanishtirilgan qonun bilan tanishtirish o‘tkazilgani to‘g‘risida quyidagicha


QAROR QILADI:

1.Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo’limi xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining 2022 йил 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli qonunida qayd etilgan qonunchilikda kiritilgan yangiliklar ma’lumot va ishda qo‘llash uchun qabul qilinsin.


2. Tuman XTB tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlariga:
qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlasin.
3.
4. Ushbu yig‘ilish bayoni ijrosining nazorati Qiziltepa tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri U.Kamolov zimmasiga yuklatilsin.

Yüklə 41,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin