IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Paskalda matn holatida ekran bilan ishlash uchun qanday moduldan foydalaniladi?
Paskalda asosan necha xil rang ishlatilishi mumkin?
Matn rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?
Matn foni rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?
ClrScr operatori qanday maqsadlarda qo’llaniladi? Javobingizni misollar bilan izohlang.
Ekran matn holatida necha satr va ustundan iborat?
Matnni ekranning istalgan joyiga chiqarish mumkinmi? Javobingizni izohlang.
Mashqlar
1. Quyidagi dastur natijasida ekran rangi, matn foni rangi va matn ranglari qanday bo’lishini va matnlar joyini aniqlang.
Uses crt;
Begin
textbackground(yellow); writeln(‘O`zbekiston‘); clrscr; textcolor(4);
write(‘kelajagi ‘); textbackground(blue); writeln(‘buyuk‘);
textcolor(2); write(‘DAVLAT!‘); readln;
end.
Javob: fon rangi — sariq; “kelajagi” — qizil; “buyuk” — ko`k fonda qizil rangda; “DAVLAT” — ko`k fonda yashil rangda
2. “O‘zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni” matniga qizil, matn foniga ko‘k rangni tanlab ekranga chiqaring.
Uses crt; Begin
Textbackground(red); textcolor(blue); write(‘O`zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni’);
Readln;
End.
3. Quyidagi dasturga shunday operatorlar qo’shingki, barcha matn ko’k rangda, matn fonlari sariq rangda ekranga chiqsin. Dastur ishlashini izohlang.
Uses crt; Var a,b: string; m, s : real;
Begin
Textbackground(yellow); textcolor(blue); a:= ‘Kvadratning tomonini kiriting: ‘; b:= ‘Kvadratning yuzi: ‘;
Write(a); readln(m); s:=sqr(m); write(b, s:8:2, ‘ kvadrat birlik‘); readln;
End.
5. Ekranga ismingiz, familiyangiz va sharifingizni 3 xil rangda matnni 3 xil fon rangida va ekranning turli joylarida chiqaring.