IfThen Bu tarmoqlanish operatorining qisqa shakli deyiladi. Bu holda shart ning qiymati rost bo‘lsa Then dan keyingi operator yoki operatorlar ketma-ketligi bajariladi, aks holda boshqarish navbatdagi (tarmoqlanish operatoridan keyingi) operatorga o‘tadi.
4–misol. Berilgan butun son manfiy bo’lsa, bu sonni kubi bilan almashtiruvchi dastur tuzing.
Yechish: var a:Integer; {berilgan son}
begin Write(‘Ixtiyoriy butun son kiriting: ‘); ReadLn(a);
If a<0 Then a:= a*a*a; {son manfiy bo’lsa kubi bilan almashtiriladi}
WriteLn(a); readln; {readln operatori dastur natijasini ko’rib olish uchun yozildi}
end.
Tarmoqlanish operatori tarkibida yana tarmoqlanish operatori ishlatilishi mumkin. 5–misol. Sonning ishorasini aniqlovchi dastur tuzing.
Var a:Integer; b:String; {Bitta satrda bir nechta o‘zgaruvchini tavsiflash mumkin}
Begin
Write(‘Ixtiyoriy son kiriting: ‘); ReadLn(a);
If a<0 Then b:= ‘manfiy‘ Else If a>0 Then b:= ‘musbat‘ Else b:= ‘nol‘;
WriteLn(b);
End.
6–misol. Ikkita sondan kattasini topish (IKT) dasturini tuzing.
Var a,b,katta:Real;
Begin
Write(‘Birinchi sonni kiriting = ‘); ReadLn(a);
Write(‘Ikkinchi sonni kiriting = ‘); ReadLn(b);
If a>b Then katta:=a Else katta:=b; WriteLn(‘Katta son= ‘, katta);
End.
Bu dasturda a>b shart bajarilishi yoki bajarilmasligidan qatiy nazar WriteLn(‘Katta son= ‘, katta) operatori albatta bajariladi. Chunki, u dasturda tarmoqlanish operatori bilan bir satrda yozilgan bo‘lsa ham uning tarkibiga kirmaydi. Nima uchun shundayligini o‘ylab ko‘ring!
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Nishon nima uchun qo‘llaniladi?