Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov


Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə143/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov
Sana:__________________
Mavzu:Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash
Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskalning belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash protsedura va funksiyalarini o1rgatish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.


1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Paskalning belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash protsedura va funksiyalarini bilish.
Darsni borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash

  1. Shart bo‘yicha takrorlash operatorlardan qaysilarini bilasiz?

  2. While operatorining ishlashini izohlang.

  3. Repeat operatorining ishlashini izohlang.

  4. Shart bo‘yicha takrorlash operatorlarining parametrli takrorlash operatoridan farqi nimada?

  5. Takrorlash operatorlarini qo‘llash qulay bo‘lgan hollarga mos qilib tushuntirig.

III. Yangi mavzuni o`rganish
Paskalda belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun maxsus funksiya va protseduralar kiritilgan. Quyida biz ularning ba’zilari bilan tanishamiz.

Yozilishi

Vazifasi

Standart funksiyalar

Concat(S1,S2,…,SN)

S1,S2,…,SN satrli (belgili) o‘zgaruvchilar (o‘zgarmaslar) ni bir biriga ketma-ket ulaydi

Length(S)

S satrning uzunligini (belgilari sonini) aniqlaydi.

Pos(b,S)

S satr ichidan b so’zni izlaydi

Copy(S,n1,n2)

S satrning n1-belgisidan boshlab n2 ta belgining nusxasini oladi

Ord(B)

B belgining ASCII kodini aniqlab beradi

Chr(a)

ASCII kodi a ga teng belgini aniqlaydi

Standart protseduralar

Delete(S,n1,n2)

S satrning n1-belgisidan boshlab n2 ta belgisini olib tashlaydi

Insert(S1,S,n)

S satrga n-o‘rindan boshlab S1 satrni joylashtiradi

Str(a,S)

S satrli o‘zgaruvchining qiymati a sonning satr ko‘rinishidagi ifodasiga teng bo‘ladi

Val(S,a,c)

a sonli o‘zgaruvchining qiymati S satrli o‘zgaruvchining son ko‘rinishidagi ifodasiga, c esa nolga teng bo‘ladi (agar berilgan satrni son ko‘rinishida ifodalab bo‘lmasa, a ning qiymati nolga teng bo‘ladi, c ning qiymati esa noldan farqli bo‘ladi)

Shuni ta’kidlash joizki, dasturda funksiyalar ishlatilganda ularning qiymati biror o’zgaruvchiga o’zlashtiriladi, protseduralar ishlatilganda esa o’zlashtirish operatorisiz yoziladi.
Endi sodda misollarni ko’rib chiqamiz.
1. a=‘Sog`lom tanda ‘, b=‘sog` aql.‘ bo‘lsa, c:= Concat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati ‘Sog`lom tanda sog` aql.‘ ga teng. Lekin c:= Concat(a,b); o‘rniga c:=a+b; deb yozish ham kerakli natijani beradi.
2. a=‘informatika‘ bo‘lsa, n:=Length(a); operatori bajarilganda n ning qiymati 11 ga teng bo‘ladi.
3. a:=Pos(‘m‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘ma‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda ham a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘sn‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 0 ga, a:=Pos(‘v‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda esa, a ning qiymati 0 ga teng bo‘ladi teng bo‘ladi.
4. a:=Copy(‘informatika‘,3,5); operatori bajarilsa, a ning qiymati ‘forma‘ so‘ziga teng bo‘ladi.
5. a:=‘A‘ bo‘lsa, Ord(a) funksiyaning qiymati 65 ga teng bo‘ladi. Chunki ‘A‘ (lotin) harfining ASCII kodi 65. Ord funksiyasining argumenti o‘zgarmas bo‘lsa, u apostrof ichida yoziladi. Masalan, Ord(‘A‘).
6. cod:=65 bo‘lsa, Chr(cod) funksyasining qiymati lotin ‘A‘ harfiga, Chr(66) funksiyasining qiymati esa lotin ‘B‘ harfiga teng bo‘ladi.
7. a=‘bajarilmadi‘ bo‘lsa, Delete(a,8,2); protsedurasi bajarilgach natija a=‘bajarildi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
( a=‘bajarilmadi‘ → Delete(a,8,2); → ‘bajarilmadi‘ → a=‘bajarildi‘ )
8. a=‘bajarildi‘, b=‘ma‘ bo‘lsa, Insert(b,a,8); protsedurasi bajarilgach natija a=‘bajarilmadi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
(a=‘bajarildi‘, b=‘ma‘ → Insert(b,a,8); → ‘bajaril‘+‘ma‘+‘di‘ → a=‘bajarilmadi‘)
9. a=765 bo‘lsa, Str(a,s); protsedurasi bajarilgach, s=‘765‘ bo‘ladi.
10. s=‘123‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a=123 va c=0 bo‘ladi; s=‘34BMA5‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a = 0 va c ≠ 0 bo‘ladi.
Endi ko‘rib chiqilgan funksiya va protseduralarni amalda qo‘llashga misollar keltiramiz:

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin