DTS: Jadval haqida tushuncha ega bo`lish, Word matn protsessorida hujjatlarga jadval joylashtira olish.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash Word kliplar kolleksiyasidagi bir nechta rasmni birlashtirish haqida gapirib bering.
Word kliplar kolleksiyasidagi rasmni matnga joylashtirish va formatlarini o`zgartirish haqida gapirib bering va amalda ko`rsting.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Amaliyotda hujjatlarda rsamlar bilan birga turli jadvallar ham joylashtiriladi. Jadvallar turli-tuman bo`lgni bilan ularning hammasi ham ma’lum bir sondagi ustunlar va satrlardan tashkil topadi.
Jadval haqida tushuncha. Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi — bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar ham joylashtirsa bo'ladi. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (34=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz:
T/r
Rasmi
Vazifasi
1.
ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi
2.
qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi
3.
kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma