Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Avvalgi darsda matematik amallar bajarishga, matematik formulalar yozishga va funksiyalar to’plamiga murojaat qilishga oid qisman ma’lumotlar oldingiz. Endi Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.
1–misol. Karra jadvalini hosil qiling (46-rasm).
Q uyidagi ketma-ketlikdagi ishlarni bajaramiz:
B2:H2 blokidagi katakchalarni piktogrammasi yordamida birlashtiramiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz;
D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni) kiritamiz;
C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3”ni yozib F4klavishani bosamiz;
C4:G4 blokini belgilab, blokning o‘ng quyi burchagidagi ■ belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo‘yicha pastga tortib nusxalaymiz;
Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaymiz.
Tekshirib ko‘rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymatni o‘zgartirsak, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o‘zgaradi.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.
Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:
har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o‘z nomiga ega;
funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro‘yxati yoziladi.
Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba’zilari bilan tanishtiramiz: