Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.
1–misol. Choy damlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi:
choynak qopqog‘i ochilsin;
choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;
choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;
choynak qopqog‘i yopilsin;
choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.
2 – misol. Eni N metr va bo‘yi M metr bo‘lgan joyni to‘ldirishga 12 25 santimetrli (eni 12 santimetr va bo‘yi 25 santimetr) g‘ishtdan necha dona sotib olinishini topish kerak bo‘lsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:
joyning yuzasi Sjoy santimetr o‘lchov birligida topilsin;
bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘isht santimetr o‘lchov birligida topilsin;
g‘ishtlar soni Sson joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin.
Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:
.
3–misol. Amal bajarilsin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo’lar edingiz? Ha, to’gri, bu sonlarni ustun ko’rinishida deyarli quyidagicha qo’shasiz:
1) sonlar xonalari mos keladigan tartibda tagma tag yozib olinsin;
2) sonlarni birlik xonasidagi raqamlarini qo’shib, natijani birlik raqami birliklar tagiga yozilib, o’nlik raqami dilda saqlansin;
3) sonlarni o’nlikdagi raqamlarini va dildagi raqam qo’shilib, natijani birlik raqami o’nliklar tagiga yozilib, o’nlik raqami dilda saqlansin; va 3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi ko’rinishda sizga juda tanish:
+19632107
19702202
39334309
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko’rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan birialgoritm so’zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 - 850) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida “DixitAlgorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi. Algoritmdagi har bir ko’rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog’laymiz. Har qanday algoritm – bu amallarni belgilovchi qoida bo’lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal algoritmning qadami deb ataladi.