Boshqaruv belgilari: #0 dan #31 gacha kodli belgilar (# – belgi kodini o’nlikdagi qiymatini bildiradi, boshqaruv belgilari ishlaganda ekranda aks etmaydi); masalan, kodi #32 bo’lgan belgi — probel belgisi.
Turbo Pascal tilida, asosan, quyidagi amallar va ularga mos belgilar ishlatiladi:
Arifmetik amallar:+ (qo‘shish), – (ayirish), * (ko‘paytirish), / (bo‘lish);
Munosabat amallari: = (teng), < (kichik), > (katta); juft belgilar: <> (teng emas), <= (katta emas), >= (kichik emas);
Mantiqiy amallar:
AND (“VA” – mantiqiy ko‘paytirish amali)
OR (“YOKI” – mantiqiy qo‘shish amali)
NOT (“EMAS” – mantiqiy inkor amali)
XOR (o’xshashlikni inkor etish amali)
Barcha dasturlash tillari singari Paskal dasturlash tili ham o‘zining imlosi, qonun va qoidalariga ega bo‘lib, ular asosida yuqorida keltirilgan harflar, belgilar va amallar yordamida ko‘rsatma va buyruqlar tuziladi. Har bir ko‘rsatma yoki buyruq “;” (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko’pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.
Ko’pincha, dastur tushunarli bo‘lishi uchun unga izohlar kiritiladi. Izohlar yordamida dastur va uning qismlari qanday vazifani bajarishi tavsiflanadi. Paskalda izoh { va } yoki (* va *) ko‘rinishdagi qavslar ichiga yoziladi. Masalan, {bu izoh misol uchun keltirildi} yoki (* izohni shunday yozsa ham bo‘ladi *).
Odatda Paskal tilidagi dasturlar Programmaxsus so‘zi bilan boshlanadi. Bu so‘zdan keyin dastur nomi yoziladi. Masalan: Programkvadrat_tenglama; {kvadrat tenglama yechish dasturi.}
Dastur nomi dastur vazifasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu zarur dasturni boshqa dasturlar orasidan tez ajratib olish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, dastur nomi dastur ishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va umuman olganda, dasturga nom berish shart ham emas.
Paskal dasturlash tilida dastur yozishda quyidagilar qo‘llaniladi: