2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda ekran bilan ishlash lo`nikmalarini rivojlantirish.
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Paskalning ekran bilan ishlash operatorlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr II. Takrorlash Read, Write so‘zlari qanday ma’no beradi?
Ma’lumotlarni muloqot usulida kiritish operatorining vazifasini tushuntiring.
Nima uchun bu usul ma’lumotlarni muloqot usulda kiritish deb ataladi?
Ma’lumotlarni kiritish operatorlarining farqi nimada?
O‘zgaruvchilarga qiymat berishda kiritish operatorining qulaylik tomonini izohlang.
Kiritish operatoridagi qiymat berilayotgan o’zgaruvchini qanday usulda bilish oson?
Natijani ko’rib olishda Readln operatori beradigan qulaylikni izohlang.
III. Yangi mavzuni o`rganish Biz avvalgi darslarda axborotlarni ekranga chiqarish usullari bilan tanishdik. Bu usullarda axborotning har biri ekranga o‘zidan avval chiqarilgan axborotning davomidan chiqariladi. Lekin, Paskal dasturlash tilida axborotlarni ekranning ko‘rsatilgan joyidan chiqarish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, ekranga chiqarilayotgan belgilarni, hamda ularning fonini har hil ranglarda berish ham mumkin. Aytib o‘tilganidek, Paskalning ekran bilan ishlashga yo‘naltirilgan operator va funksiyalari Crt modulida joylashgan. Shu sababli ulardan foydalanish uchun ushbu modulga murojaat qilish lozim. Buning uchun dastur boshida Uses Crt;ko‘rsatmasi beriladi.
Crt moduli ekranga rangli axborot chiqarish imkonini berar ekan, qanday ranglardan foydalanish mumkinligini bilib olaylik. Paskalda, asosan, 16 xil rang ishlatilshi mumkin. Ular 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Crt modulida bu sonlarga mos konstantalar ham ajratilgan. Bu konstantalarning nomlari ularga mos ranglarning ingliz tilidagi ifodasi bilan mos keladi.
Quyidagi jadvalda Paskalda qo‘llaniladigan ranglarning kodlari va ularga mos konstantalar nomlari keltirilgan: