Black |
|
To‘q kulrang
|
8
| DarkGray |
Ko‘k
|
1
|
Blue
|
|
Havorang
|
9
|
LightBlue
|
Yashil
|
2
|
Green
|
|
Och yashil
|
10
|
LightGreen
|
Billur
|
3
|
Cyan
|
|
Och billur
|
11
|
LightCyan
|
Qizil
|
4
|
Red
|
|
Och qizil
|
12
|
LightRed
|
Siyoxrang
|
5
|
Magenta
|
|
Och siyoxrang
|
13
|
LightMagenta
|
Jigarrang
|
6
|
Brown
|
|
Sariq
|
14
|
Yellow
|
Och kulrang
|
7
|
LightGray
|
|
Oq
|
15
|
White
|
Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus operatorlari yordamida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko‘rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlananishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida ko’rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi.
Endi Crt moduli tarkibiga kirgan ba’zi operator va funksiyalari bilan tanishamiz. Matn va matn foni rangi bilan ishlaydigan operatorlar quyidagilar:
Matn rangini belgilaydigan operator
|
Matn foni rangini belgilaydigan operator
|
TextColor(rang);
|
TextBackGround(rang);
|
bu yerda rang – o‘garuvchi yoki o‘zgarmas miqdor bo‘lib, tanlangan rang kodi yoki konstanta nomini ifodalaydi.
1–misol.
Uses Crt;
Begin
TextColor(14); {yoki TextColor(yellow) }
WriteLn(‘Bu matn ekranga sariq rangda chiqadi‘);
End.
|
|
2–misol.
Uses Crt;
Begin
TextColor(Yellow); TextBackGround(Blue);
WriteLn(‘ Bu matn ekranga ko‘k fonda sariq rang bilan chiqadi‘);
End.
|
|
Ba’zan ekranda ma’lumotlar ko’payib ketganidan keraklisini topish qiyinlashadi. Bunday holda qo’llangan ClrScr operatori ekranni tozalaydi va yurgichni ekran boshiga (chap yuqori burchagiga) o‘rnatadi. Agar dasturda ClrScr operatori matn foni rangidan keyin yozilsa, u holda ekran matn foni rangiga bo‘yaladi.
3–misol.
Uses Crt;
Begin
ClrScr; {ekran tozalanib, yurgich ekran boshiga o‘rnatiladi}
TextColor(14); TextBackGround(2);
WriteLn(‘Bu matn yashil fonda sariq rang bilan chiqadi‘);
End.
|
|
4–misol.
Uses Crt;
Begin
TextColor(14); TextBackGround(2);
ClrScr; {ekran tozalanib, ekran rangi yashilga bo‘yaladi va yurgich ekran boshiga o‘rnatiladi}
WriteLn(‘Bu matn yashil ekranga sariq rang bilan chiqadi‘);
End.
|
|
Dastur natijasi “chiroyli” ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli ranglardan foydalanish bilan birga uni ekranning kerakli joyidan chiqarish ham ahamiyatga ega. Buning uchun yurgichni ekranning kerakli joyiga o‘rnatish zarur. Paskal tilida bu vazifani GotoXY operatori amalga oshiradi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: GotoXY(A,B);, bu yerda A va B butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar bo‘lib, GotoXY(A,B) operatori yurgichni ekranning A-ustun va B-satr kesishgan joyiga o‘rnatadi. Ekran matn holatida, asosan, 80´25 o‘lchamga ega.Ya’ni, 80 ta ustun va 25 ta satr (maxsus operatorlar yordamida bu o‘lchamni o‘zgartirish ham mumkin). Shu sababli mazkur operatorda 1 ≤ A ≤ 80 va 1 ≤ B ≤ 25 shart bajarilishi zarur.
5–misol.
Uses Crt;
Begin
ClrScr; {ekran tozalandi}
GotoXY(22,12); {yurgich 22-ustun va 12-satr kesishgan joyga o‘rnatildi}
Write(‘Bu matn ekranning o`rtasidan chiqadi‘);
End.
|
|
Bu dasturda ekranga chiqariladigan matn 36 ta belgidan iborat. Matnni chap va o’ng tomonidan bir xil joy qoldirib ekranning o‘rtasidan chiqarish uchun GotoXY operatoridagi A va B ning qiymati quyidagicha hisoblandi:
A=[25/2]=12, B=[(80-36)/2]=22.
Dostları ilə paylaş: |