Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov


DTS. O`tish va tarmoqlanuvchi operatorlarning yozilishi va ishlash tamoyilini bilish. Darsning borishi



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə137/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

DTS. O`tish va tarmoqlanuvchi operatorlarning yozilishi va ishlash tamoyilini bilish.
Darsning borishi
I Tashkiliy davr.
II. Takrorlash.

  1. Nishon nima uchun qo‘llaniladi?

  2. O‘tish operatorining umumiy ko‘rinishi qanday?

  3. O‘tish operatori ishlatilgan dasturda nishonlar ishlatilmasligi mumkinmi?

  4. Tarmoqlanish operatori nima uchun qo‘llaniladi?

  5. Tarmoqlanish operatorida operatorlar ketma-ketligi ishtirok etsa, ular qanday xizmatchi so‘zlar orasida yoziladi?

  6. Tarmoqlanish operatorining qisqa va to‘liq ko‘rinishlari haqida nimalar bilasiz?

  7. Qaysi operatordan keyin nuqtali vergul yozilmaydi?

III. Yangi mavzuni o`rganish.
Hozirgacha biz sodda shartlar asosida dastur tuzishni ko‘rdik. Ammo tarmoqlanish operatorida murakkab shartlardan ham foydalanish mumkin. Murakkab shartlar oddiy shartlarga NOT – “emas”, AND – “va”, OR – “yoki” mantiqiy amallarini qo‘llash natijasida hosil qilinadi.
Yodingizda bo‘lsa NOT – mantiqiy inkor, AND – mantiqiy ko‘raytirish va OR – mantiqiy qo‘shish amallari deb yuritiladi. Bunday amallar bilan biz 8-sinfdan tanishmiz. NOT o‘zidan keyin yozilgan shartning inkor etilgan qiymatini beradi. AND ikki yonida joylashgan shartlarning har ikkalasi rost bo’lgandagina rost qiymat beradi. OR ikki yonida joylashgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi rost bo’lgandagina rost qiymat beradi.
Mantiqiy ifodalarda birinchi navbatda NOT amali, ikkinchi navbatda AND, uchinchi navbatda OR amali bajariladi. Agar mantiqiy ifodalarda qavslar qatnashgan bo‘lsa, ularning ichidagi ifoda birinchi bo‘lib bajariladi. Teng kuchli amallar ketma-ket kelganda, amallar chapdan o‘ngga qarab bajariladi. Mantiqiy amallar qo‘llanganda shartlar qavs ichiga yoziladi. Masalan,
1) x Î [a,b] (ya’ni, a  x  b) ni Paskalda (A<=X) AND (X<=B) shaklida yoziladi;
2) ni Paskalda NOT(T1=T2) shaklida yoziladi;
3) y<–5 yoki y>2 ni Paskalda (Y<–5) OR (Y>2) shaklida yoziladi.
1–misol. x ning berilgan qiymatida quyidagi funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing.

Yechish.
Var x, y: real;
Begin Write(‘x= ‘); ReadLn(x);
If (0WriteLn(‘y= ‘,y): ReadLn;
End.
Bu yerda 0Quyidagi tarmoqlanishga oid misollar e’tiborga loyiqdir:
1) If (A>B) And (B>C) Then S:=B+7 ELSE S:=A*B–1;
Agar A>B va B>C, ya’ni A>B>C bo‘lsa, u holda S:=B+7 operatori bajariladi, aks holda S:=A*B–1 operatori bajariladi.
2) If 5*B=M*M Then Goto 200 ELSE Goto 400;
Agar 5*B=M*M bo‘lsa, u holda boshqaruv “200” nishonli operatorga, aks holda “400” nishonli operatorga o‘tadi.
3) If R1<=R2 Then begin WriteLn(S); R:=R1+R2 end
Else begin WriteLn(S*R1); R1:=R2; R2:=0; end;
Agar R1<=R2 bo‘lsa, u holda WriteLn(S) va R:=R1+R2 operatorlari bajariladi, aks holda WriteLn(S*R1), R1:=R2 va R2:=0 operatorlari bajariladi.
4) If SR =‘YASHIL‘ Then WriteLn(‘O`tish mumkin‘) Else WriteLn(‘O`tish mumkin emas‘);
Agar SR (svetofor rangi) ning qiymati “YASHIL” bo‘lsa WriteLn(‘O`tish mumkin’) operatori, aks holda WriteLn(‘O`tish mumkin emas’) operatori bajariladi.
Ko‘rinib turibdiki, agar berilgan shart o‘rinli bo‘lsa, u holda THEN xizmatchi so‘zidan keyin yozilgan ko‘rsatmalar bajariladi, aks holda ELSE xizmatchi so‘zidan keyin yozilgan ko‘rsatmalar bajariladi. Bu yerda uchinchi holat bo‘lmasligini puxta tushunib olish lozim.
Endi tarmoqlanuvchi dasturlarga misollar ko‘ramiz:



2–misol. Berilgan uchta a, b, c son ichidan kattasini (UKT) topish dasturini tuzing.

3–misol. Berilgan natural sonning toq yoki juftligini aniqlash dasturini tuzing.

Program UKT;
Var a,b,c,max : Real;
Begin
Write(‘a,b,c sonlarning qiymatini kiriting: ‘);
ReadLn(a,b,c);
If a>b Then max:=a Else max:=b;
If c>max Then max:=c;
WriteLn(‘Berilgan uchta sondan kattasi= ‘,max);
End.

Program Toq_juft;
Var n : word;
Begin
Write(‘Natural son kiriting: ‘);
ReadLn(n);
If Odd(n) Then WriteLn(‘TOQ ‘)
Else WriteLn(‘JUFT ‘);
End.



4–misol. ax2 + bx + c = 0 kvadrat tenglamani yechish dasturini tuzing.
Program Kvadrat_tenglama;
Label Tamom;
Var a,b,c,d,x1,x2 : Real;
Begin
Write(‘a,b,c larning qiymatini kiriting: ‘); ReadLn(a,b,c);
d:=Sqr(b) – 4*a*c; {Diskriminant hisoblandi}
If d<0 Then begin WriteLn(‘Haqiqiy yechim yo`q‘); Goto tamom; end;
If d=0 Then begin WriteLn(‘Yechim bitta: ‘); WriteLn(‘x= ‘, –b/(2*a)); Goto Tamom; end;
WriteLn(‘Yechim ikkita: ‘);
x1:=(–b–Sqrt(d))/(2*a); x2:=(–b+Sqrt(d))/(2*a);
WriteLn(‘x1= ‘,x1); WriteLn(‘x2= ‘,x2);
Tamom: ReadLn;
End.
Yuqoridagi masalarni yechimlaridan ko‘rinadiki, tarmoqlanuvchi dasturlarda tarmoqla­nishni tashkil etish qo‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqar ekan.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin