Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə144/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

1–misol. Berilgan ‘mustaqil‘,‘O`zbekiston‘, ‘davlat‘ so‘zlaridan ‘O`zbekiston mustaqil davlat‘ iborasini hosil qiluvchi dastur tuzing.
Yechish. Berilgan so‘zlar dastur ishlashi davomida o‘zgartirilmaydi. Shu sababli ularni constanta sifatida ifodalaymiz.
Program Suz_yasash;
Const a=‘mustaqil‘; b=‘O`zbekiston‘; c=‘davlat‘;
Var d : String;
Begin
d:=Concat(b,a,c); WriteLn(d);
End.
2–misol. Kiritilgan so‘zni teskarisiga o‘girib beruvchi dastur tuzing. Masalan, ‘ota‘ so‘zidan ‘ato‘ so‘zi hosil bo‘lishi kerak.
Yechish. Kiritilgan so‘zni a, hosil bo‘ladigan so‘zni b bilan belgilamiz. b ning qiymatini bo‘sh satrga tenglaymiz (b:= ‘‘). a ning uzunligini aniqlaymiz va uning chap tomonidan boshlab bittadan belgisini olib b ga chap tomondan birlashtirib boramiz.
Program Teskari;
Var a, b, belgi: String; i, len : Integer;
Begin
Write(‘So`z kiriting : ‘); ReadLn(a); Len:=Length(a); b:=‘‘;
For i:=1 To len Do begin
belgi:=Copy(a,i,1); {a ning i-belgisini nusxasi olindi}
b:=belgi+b; {a dan nusxasi olingan belgi b ning chap tomoniga qo‘shildi}
end;
Write(b); readln;
End.
3–misol. Berilgan so‘zda berilgan belgi bor yoki yo‘qligini aniqlovchi dastur tuzing.
Program Izlash;
Var suz : String; belgi : Char;
Begin
Write(‘So`z kiriting : ‘); ReadLn(suz);
Write(‘izlanayotgan belgini kiriting : ‘); ReadLn(belgi);
If Pos(belgi,suz)>0 Then WriteLn(‘BOR‘) Else WriteLn(‘YO`Q‘);
End.
Dastur bajarilgach kompyuter ekranida ‘BOR‘ yoki ‘YO`Q‘ so‘zlaridan biri aks etadi.
4–misol. ‘saodat‘ va ‘qadoq‘ so‘zlaridan ‘sadoqat‘ so‘zini yasovchi dastur tuzing.
Program Suz_yasash;
Var a,b : String;
Begin
a:=‘saodat‘; b:=‘qadoq‘;
Delete(a,3,2); {a=‘saat‘ bo‘ldi}
Delete(b,1,2); {b=‘doq‘ bo‘ldi}
Insert(b,a,3); {a=‘sadoqat‘}
WriteLn(a);
End.
5–misol. Berilgan ‘Buyuk shoir Alisher Navoiy‘, ‘yilda tug`ilgan‘ jumlalari va 1441 sondan ‘Buyuk shoir Alisher Navoiy 1441 yilda tug‘ilgan‘ satrni hosil qiluvchi dastur tuzing.
Program Alisher_Navoiy;
Const a=‘ Alisher Navoiy ‘; b=’ yilda tug`ilgan’; c=1441; d=‘Buyuk shoir‘;
Var yil, s : String;
Begin
Str(c, yil); {c=1441 dan yil=‘1441‘ hosil qilindi}
s:=Concat(d,a,yil,b); WriteLn(s);
End.
6–misol. Berilgan butun sonning raqamlari yig‘indisini hisoblovchi dastur tuzing.
Program Raqamlar;
Var son, raqam, len, i, c, natija : Integer; _son, _raqam : String;
Begin Write(‘Butun son kiriting: ‘); ReadLn(son);
Str(son,_son); len:=Length(_son); natija:=0;
For i:=1 to len Do
Begin _raqam:=Copy(son, i, 1); Val(_raqam,raqam,c); natija:=natija+raqam; end;
WriteLn(son, ‘ ning raqamlari yig`indisi=‘, natija);
End.
Ushbu dastur kiritilgan son 32767 dan katta bo‘lsa noto‘g‘ri natija beradi. Buning sababini o‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Dasturga qanday o‘zgartirish kiritilsa 2147483647 gacha bo‘lgan sonlarni ham ishlatish mumkin bo‘lishini o‘ylab ko‘ring!
Paskalda satrlar “massiv xususiyati”ga ega. Ya’ni satr – massiv deb, satrdagi belgilar esa massivning elementlari deb qaraladi. Masalan, s – satrli o‘zgaruvchi bo‘lsa, s[3] – shu satrning 3-belgisini bildiradi. Ya’ni s:=‘kompyuter‘ bo‘lsa, s[3]= ‘m‘.
7–misol. Berilgan satrdagi belgilarning ASCII kodlarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
Program Kod;
Var s, b : String;
i, L, cod : Integer;
Begin
Write(‘Satr kiriting : ’); ReadLn(s);
L := Length(s); { kiritilgan satr uzunligi hisoblanib, L ga o‘zlashtirildi }
For i:=1 to L Do WriteLn(Ord(s[i]));
End.
Satrlarni “massiv xususiyati” orqali ko’pgina masalalarni hal etish qulay. Masalan, 6-misolni satrlarni shu xususiyatidan foydalanib o’zingiz hal etib ko’ring.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin