Bar(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan, ichi joriy rang va usulda bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
Bar3D(X1,Y1,X2,Y2,a,b) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan parallelepiped chizadi. Bu yerda a – parallelepiped yon tomonining uzunligi, b esa mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati “rost” bo‘lsa parallelepipedning yuqori qirrasi chiziladi, “yolg‘on” bo‘lsa chizilmaydi.
3–misol. Ichi qizil rangli qalin gorizontal chiziqlar bilin to‘ldirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va havorang paralelopiped chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘);
SetFillStyle(2, 4); Bar(10,10,400,200);
SetFillStyle(1,9); Bar3D(100,200,350,400,50,True);
Readln; CloseGraph;
End.
FillEllipse(X,Y,XR,YR) operatori markazi (X,Y) koordinatali nuqtada, X va Y o‘qlari bo‘yicha radiuslari (eni va bo‘yi) mos ravishda XR va YR ga teng, joriy rang va usulda bo‘yalgan ellips chizadi.
4–misol. Ichi ko‘k rangli og‘ma katak chiziqlar bilan to‘ldirilgan ellips chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect;InitGraph(gd,gm, ‘‘); SetColor(Red);
SetFillStyle(8,1); FillEllips(320,240,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
FillPoly(BS,KM) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan ko‘pburchak chizadi. BS – ko‘pburchakning burchaklari soni, KM – ko‘pburchak uchlarining koordinatalari berilgan massiv. Bu operator DrawPoly operatoridan farqli o‘laroq, ko‘pburchakning birinchi uchi bilan oxirgi uchini o‘zi birlashtirib oladi.
5–misol. Uchlarining koordinatalari berilgan KM massivda berilgan va ichi qizil rangli katak chiziqlar bilan to‘ldirilgan oltiburchak chizing.
Yechish. Uchlarining soni 7 ta bo‘lgan siniq chiziq chizish operatoridan foydalanib, 7-uchi koordinatasini 1-uchi koordinatasi bilan bir xil bersak, oltiburchak hosil bo‘ladi.
Uses Graph;
Const bs=6;
Var gd, gm : Integer;
km : Array[1..bs,1..2] of Integer;
Begin gd:=0; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);
SetFillStyle(7,4); {usul va rang tanlandi}
km[1,1]:=300; km[1,2]:=10;
km[4,1]:=400; km[4,2]:=190;
km[2,1]:=200; km[2,2]:=80; km[5,1]:=300; km[5,2]:=80;
km[3,1]:=200; km[3,2]:=200; km[6,1]:=400; km[6,2]:=40;
FillPoly(bs,km); {agar DrawPoly(bs,km); yozilsa ichi bo’sh oltiburchak chiziladi}
End.