Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə150/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.
1–misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo‘lgan ko‘k rangli kesma va markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,‘‘);
SetBkColor(Yellow);
Setcolor(Blue); Line(10,10,630,200);
Setcolor(Green); Circle(300,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chizi
Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
2–misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 135o bo‘lgan qizil rangli yoy va chap yuqori va o‘ng pastki uchlari mos ravishda (10,220) va (300,400) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);
Ellipse(300,200,0,135,100,50);
Setcolor(1); Rectangle(10,220,300,400);
Readln; CloseGraph;
End.
DrawPoly(BS,KM) operatori siniq chiziq chizadi. BS – siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM – siniq chiziq sinish nuqtalarining koordinatalari berilgan massiv nomi. Agar siniq chiziq boshlang‘ich nuqtasining koordinatasi bilan oxirgi nuqtasining koordinatasi ustma-ust tushsa, yopiq soha – ko‘pburchak hosil bo‘ladi.
Paskalning turli rang va usulda bo‘yalgan shakllarni chizish operatorlari ham bor. Mazkur shakllarning chegara chiziqlari rangi biz yuqorida ko‘rgan SetColor operatori bilan tanlanadi. Ularning ichini bo‘yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang); operatori yordamida belgilanadi, bu yerda rang – tanlanayotgan rang kodi, usul – bo‘yash usuli.
Paskalda shakllarning ichini tanlangan rang bilan bir necha xil usulda bo‘yash mumkin. Bo‘yash usullari xuddi ranglar kabi butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir bo‘yash usuliga alohida konstantalar ham ajratilgan. Quyidagi jadvalda bo‘yash usullari, ular­ning kodlari va mos konstantalarning nomlari keltirilgan:



Bo‘yash usuli

Kodi

Konstanta nomi

Fon rangi bilan bo‘yash

0

EmptyFill

Berilgan rang bilan bo‘yash

1

SolidFill

Qalin gorizontal chiziqlar bilan to‘ldirish

2

LineFill

Ingichka o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

3

LtSlashFill

Qalin o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

4

SlashFill

Qalin chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

5

BkSlashFill

Ingichka Chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

6

LtBkSlashFill

Katak chiziq bilan to‘ldirish

7

HatchFill

Og‘ma katak chiziq bilan to‘ldirish

8

XHatchFill

Quyuq og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

9

InterLeaveFill

Siyrak nuqtalar bilan to‘ldirish

10

WideDotFill

Quyuq nuqtalar bilan to‘ldirish

11

CloseDotFill

Foydalanuvchi belgilagan usulda bo‘yash

12

UserFill




Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin