Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə18/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
a) Davomatni aniqlash;
b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.
II. O’tgan mavzularni takrorlash.
a) Word matn protsessorining imkoniyatlari
b) Word matn protsessorining ish stoli
d) Word matn protsessori menyusi buyruqlari.
III. Yangi mavzuni o’rgansh.
Hayotimizni turli-tuman hujyatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Inson tug'ilishi bilan unga tug'ilganlik haqida guvohnoma tayyorlanadi, salomatlik varaqasi ochiladi va hokazo. Siz bu kabi hujjatlarga ko'p duch kelgansiz. Uyda foydalangan elektr energiyasi uchun to'lov kvitansiyasi, biror mavzuda tayyorlangan referat yoki insho ham shular jumlasidandir. Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ular bir-biridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan ham farq qiladi. Birinchi navbatda ko'zga tashlanadigan farq hujjatlarning o'lchamida. Turli hujjatlar turli o'lchamdagi qog'ozga yozilganini ko'p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o'ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi. Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo'lishi mumkin. Rasmiy hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko'p uchraydi.
Matn protsessorlari yordamida hosil qilingan matn hujjat deb yuritilishi avvalgi darslarda aytib o`tilgan edi. U rasmiy hujjat bo`lishi shart emas.
Sahifa parametrlari
Biror hujjat tayyorlashda avvalo u qanday o'lchamdagi qog'ozga chop etilishi belgilab olinadi. Shunga ko'ra sahifa oichamlari tanlanadi. Buning uchun „Fayl” menyusiga kiriladi. Fayl menyusi amallari ketma-ketligdan „Sahifa parametrlari" (Параметры страницы) amali tanlanadi. Ekranda „Sahifa parametrlari" muloqot oynasi paydo bo'ladi. U to'rtta ilova (amallar majmuyi) dan iborat. Ulardan „Qog`oz o'lchamlari” (Размер бумаги) ilovasi tanlanadi. Bu ilova orqali sahifaning eni (kengligi) va bo'yi kiritiladi yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi.
Shundan so`ng “Hoshiya” (Поля) amalining “Yo`nalish” (Ориентация) bo`limida sahifa yo'nalishi belgilab olinadi. U kitob sahifasi (книжная) yoki albom sahifasi (альбомная) kabi bo'lishi mumkin.
Sahifa o'lchamlari tanlangach, sahifaning hoshiyalari belgilanadi. Buning uchun sahifa parametrlari oynasidagi „Hoshiya" (Поля) ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o'ng tomonlaridan qancha joy qoldirilishi ko'rsatiladi. Shu ilovaning “Namuna” (Образец) qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks etib turadi. Biror parametr o'zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol o'zgaradi.
Sahifa o'lchamlari va hoshiyalar o'rnatilgach, „Sahifa parametrlari” muloqot oynasidagi „OK" tugmasi („sichqoncha" yordamida) bosiladi yoki “Enter” tugmasi bosiladi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin