IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Word dasturida hujjat ko'rinishlarining qanday holatlari bor?
Word dasturi ishga tushurilganda hujjat ko'rinishining qanday holati namoyon bo`ldi?
Wordda matn yozganda yangi abzasga qanday o'tiladi?
Wordda uzun tire yozilishini amalda bajaring.
Qat’iy tire yozilishini amalda ko'rsating.
Rim raqamlari qanday yoziladi?
Matn bo'ylab yurgichni qanday harakatlantirish mumkin? Amalda ko`rsatib bering.
Matnni varaqlash uchun qanday usullar bor?
V. Uyga vazifa
EHM da mashq qilish.
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov Sana:____________________ Darsning mavzisi: Hujjatlarning asosiy parametrlari
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni matn protsessorida tayyorlanadigan hujjatning asosiy parametrlari haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik tarbiya berish.
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;
grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalardan foydalana oladi;
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarda matn protsessorida tayyorlanadigan hujjatning asosiy parametrlarini o’rnata olish ko`nikmasini hosil qilish.
Darsning jihozi: Word matn protsessori
Darsning uslubi: Suhbat.