Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə25/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Format
III. Yangi mavzuni o`rganish
Avval aytilganidek, matn protsessorlarida hujjatning tashqi ko`rinishi go'zal bo'lishi uchun shrift turi, o`lchami, rangi va abzas tekislanishi, chegara chizish kabi bezaklar bilan boyitilishi mumkin. Bu kabi amallarni bajarish formatlash deyiladi. Formatlash shriftga, matnga yoki abzasga qo`llanilishi mumkin. Bu darsda formatlashga oid amallar bilan tanishasiz.
1. Matnni formatlash
Matndagi shriftning rangi, chizma ko'rinishi, o`lchami, yozuv shakli quyidagicha tanla-nadi:

  1. formatlanishi kerak bolgan qism belgilanadi, ya'ni biokka olinadi;

  2. Format menyusidan Shrift ( Шрифть...) bo`limi tanlanadi;

  3. blokka biror yozuv shaklini berish uchun Shrift shaklini tanlash darchasidan kerakli yozuv shakli tanlanadi;

  4. shrift uchun kerakli rang, o`lcham, chizma ko'rinishi va boshqa o`zgarishlar mos darchalardan tanlanadi;

  5. Shriftdagi o`zgarishlarni ko`rib turish darchasida kerakli natija ko`zga tashlanganda OK tugmasi tanlanadi yoki [Enter] klavishi bosiladi.

Abzasni formatlash
Yodingizda bo'lsa, abzas quyidagi xususiyatlarga ega edi:

  • abzas kengligi;

  • sahifada tekislanish usuli (chap yoki o`ng chegara, markazga tomon sahifa kengligi bo'yicha);

  • abzasning bosh satri va keyingi satrlarning chap va o'ng hoshiyadan chekinishi:

• intervali (satrlar orasining kengligi).
Abzasni formatlash uchun:

  1. yurgichni shu abzasga joylashtiriladi;

  2. Formal menyusidan Abzas (Абзац…) bo`limi tanlanadi;

  3. zarur formatlash amallari bajariladi va abzasdagi o'zgarishlarni ko'rib turish darchasida kerakli natija aks etganganda OK tugmasi tanlanadi, yoki [Enter] klavishi bosiladi.

Matn yoki abzasni formatlashni FORMATLASH uskunalar paneli yordamida bajarish ancha qulay. Bunda amallar ko'rgazmali shaklda aks etadi.
Umuman, formatlashni matn terish jarayonida yoki matn terib bo`lingandan keyin ham bajarish mumkin.
FORMATLASH uskunalar panelidan foydalanish
Matnning belgilangan qismini formatlash. Formatlash uchun matnning qismi blokka olinadi FORMATLASH uskunalar panelidan ,,chap tomonga”, ,,o'rtaga” ,,o'ng tomonga” va ,,sahifa kengligi bo'yicha” joylashtnr tugmalaridan biri bosiladi.
Matnning belgilangan qismidagi yozuv ko'rinishini o'zgartirish. Yozuv shaklini o'zgartirish uchun matnning kerakli qismi blokka olinadi. FORMATLASH uskunalar panelidan ,,qalin", “og'ma”, va ,,ostiga chizilgan” tugmalaridan biri bosiladi.
Matnning belgilangan qismidagi shrift o`lchamini o'zgartirish. Shrift o`lchamini o'zgartirish uchun matnning kerakli qismi blokka olinadi.
FORMATLASH uskunalar panelidan o`lcham ([Размер]) tugmasi bosiladi va takiif etilgan o`lchamlardan biri tanlanadi yoki ixtiyoriy o`cham qiymati klaviaturadan kiritiladi.
Matnning belgilangan qismidagi shrift rangini o`zgartirish. Shrift rangini o`gartirish uchun matnning kerakli qismi blokka olinadi. FORMATLASH uskunalar panelidan Shrift rangi ([Цвет щрифта] ) tugmasidagi uchburchak belgisi bosiladi va taklif etilgan ranglardan keraklisi tanlanadi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin