II. Yangi mavzuni o`rganish Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.
Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirish mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.
Kompyuter qanday tuzilgan? Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.
Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
Klaviaturaustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.
Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi.
Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi.
U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.