|
|
səhifə | 5/174 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 2,73 Mb. | | #205597 |
| Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.
Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluvchan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.
Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi. Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin. Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;
® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.
Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo'ling.
Dostları ilə paylaş: |
|
|