Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov


Algoritm deganda biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə90/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Algoritm deganda biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi.
Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi buyruqlar (yoki ko‘rsatmalar) ketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson – ijrochi bo‘lar ekan. Birinchi misoldagi ko‘rsatmalar “Choy damlash algoritmi” deb ataladi. Bundan shunday hulosaga kelamiz: inson hayotida ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko‘plab algoritmlarni bajaradi. Ko‘pgina algoritmlar inson uchun odat bo‘lib qoladi. Masalan, taom tayyorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, honadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.
Ko‘rsatmalarning tartibi buzilishi qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini o‘zingiz tasavvur qilishingiz qiyin emas. Misol sifatida “Choy damlash algoritmi”da birinchi va uchinchi ko‘rsatmalarni o‘rnini almashtirib bajarish kifoya.
Odatda algoritmlardagi ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun sodda amallardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi misoldagi algoritmning birinchi ko‘rsatmasini quyidagi uch ko‘rsatmaga ajratish mumkin:
1a) joy eni N metr santimetr o‘lchov birligiga o‘tkazilsin;
1b) joy bo‘yi M metr santimetr o‘lchov birligiga o‘tkazilsin;
1d) joyning yuzasi Sjoy topilsin.
Algoritm ijrochisi faqat insonmi, degan savol berishingiz tabiiy. Bu savolga javob quyidagicha:
Algoritm ijrochisi – algoritmda ko‘rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema. Ijrochi bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruqlar to‘plami ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasi (qisqacha, IKS) deyiladi. Masalan, “16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin” ko‘rsatmasi 2-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘lmaydi, lekin 8-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo‘lib kompyuter xizmat qiladi. Ijrochining ko’rsatmalar sistemasini tushunib olish uchun quyidagi masalani qaraymiz.


Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin