Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə92/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

IV. Mustahkamlsh

  1. Algoritm deganda nimani tushunasiz?

  2. Algoritm so‘zini kelib chiqish tarixini so‘zlab bering.

  3. Algoritmga maktab hayotidan misollar keltiring.

V. Uyga vazifa. Mustahkamlash
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov
Sana:__________________
Mavzu: Dastur va dasturlash tillari
Maqsad:
1) ta’limiy: o`quvchilarga dasturlash tillari haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashlarini rivojlantirish.
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Dasturlash tililari haqida ma;lumotga ega bo`lish.
I. Tashkiliy davr
II. Takrorlash

  1. Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi?

  2. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi?

  3. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish
Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qismning – texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o‘yinchoq» bo‘lib qolaveradi.
Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo‘ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Quyi darajadagi dasturlash tillari;

  2. O`rta darajadagi dasturlash tillari;

  3. Yuqori darajadagi dasturlash tillari.


Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin