O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKUL’TETI
«TASDIQLAYMAN» Tabiiy fanlar fakulteti dekani ______________K.Asqarov “____” ___________ 2022 y. ODAM ANATOMIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR
Farg‘ona – 2022
O`qish davri
2-semestr
Fan kodi
OANB105
Fan hajmi
5 kredit
Fanning umumiy soatlari
150 soat
Auditoriya soatlari
60 soat
Jumladan:
Ma’ruza
30 soat
Amaliy mashg‘ulot
30 soat
Mustaqil ta’lim
90 soat
Nazorat shakli
ON, YaN
O ‘qitish shakli
Uzb
Fan oqituvchisi haqida ma`lumot:
Yuldasheva Shoxista Qobiljonovna – “Zoologiya va umumiy biologiya” kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Ofis: FarDU “Zoologiya va umumiy biologiya” kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar ko’chasi 19 uy
Telefon: +998913264079
Email: Yuldashevashokhista1979@mail.ru
K IRISH................................................................................................................................
4
ODAM ANATOMIYASI FANI BO‘YICHA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINING KALENDAR REJASI ……………………………………..
5
ODAM ANATOMIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR……………..…
7
1-mavzu
Odam evolyutsiyasi va dastlabki odamlar……………………………
7
2-mavzu
Skelet tizimi filogenezi va tuzilishi……………………………………
8
3-mavzu
Hazm tizimi filogenezi va tuzilishi……………………………………
10
4-mavzu
Nafas tizimi filogenezi va tuzilishi……………………………………
12
5-mavzu
Ayirish tizimi filogenezi va tuzilishi…………………………………..
23
6-mavzu
Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va ularning garmonlari…………….
24
7-mavzu
Qon tomirlar va yurakning tuzilishi ……………………………………..
26
8-mavzu
Asab tizimi filogenezi va tuzilishi……………………………………….
Talabaning mustaqil ishi – o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismidir.
"Odam anatomiyasi" fanining "Odam anatomiyasi" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishi – shu fanning fan dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan auditoriyadan tashqari ishlar majmuidir.
"Odam anatomiyasi" fanining "Odam anatomiyasi" moduli bo'yicha talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi bo'lajak pedagoglarning kasb bo'yicha amaliy faoliyatini erkin va mustaqil ravishda amalga oshirishga hissa qo'shadigan umumiy madaniy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdir.
"Odam anatomiyasi" modulini o'qitish doirasidagi mustaqil ish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talabalarning auditoriyada va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olgan bilim, ko'nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyatning stereotiplariga aylantirish;
- berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘lish;
- fan dasturidagi mavzular bo'yicha qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni egallash;
- o'zining faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash qobiliyatini shakllantirish;
- odam organizmining tuzilishi va a’zolarning fiziologiyasi hamda rivojlanishi qonuniyatlarini, tashqi muxitning odam organizmga ta’sirini eksperimental fan sifatida o‘rganish;
- samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy va o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning mustaqil ishi har bir o'qituvchi tomonidan "Odam anatomiyasi" fanining "Odam anatomiyasi" moduli bo'yicha ishchi dasturda rejalashtirilgan va uning kredit turlari (soatlari) sillabusda qayd etilgan bo'lib, unda talabalar har doim mustaqil ishlarning hajmi, bajarilish vaqti va ularni bajarish natijalarini baholashda qo'yiladigan maksimal ball haqida ma'lumot olishlari mumkin.
"Odam anatomiyasi" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
- nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish va berilgan mavzu bo'yicha konspekt tayyorlash;
- taqdimot tayyorlash;
- konspekt yozish;
- ta'rif yozish;
- savollarga javob yozish;
- ko’rgazmali qurol tayyorlash;
- glossariy tayyorlash;
- matnni tarjima qilish.