Topshiriq shakli: konspekt qilish, tavfsifab berish va glossariy tuzish.
Bajarish vaqti: 10 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari №3. 1-Topshiriq. Odam anatomiyasiga oid oʻquv adabiyotlarini oʻqib, Hazm tizimi filogenezi va tuzilishi haqida konspekt yozish.
Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi: 1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.
Matn-konspekt nima va u qanday yoziladi? -reja, ko‘chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
-ifodaning ichki mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
Matn-konspekt yozishda nimalarga e’tibor qaratish muhim? -NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 3. 2-Topshiriq. Hazm tizimi filogenezini oʻrganib, tavsif tayyorlash.