Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1. Qodirov I.Q. Odam anatomiyasi. Lotin.Toshkent. “Universitet”. 2007, 35-91betlar.
Xudoyberdiev.R.E., Axmedov N.K. “Odam anatomiyasi” T. “Ibn Sino” 1993y 30-134 betlar
I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi” T. “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”.1998y
MUSTAQIL TA’LIM № 4.
Mavzu № 4. NAFAS TIZIMI FILOGENEZI VA TUZILISHI. Ishning maqsadi: “Nafas tizimi tuzilishi” mavzusi bo‘yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Topshiriq shakli: ma’ruza tayyorlash va tarjima qilish.
Bajarish vaqti: 10 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 4 1-Topshiriq. “Nafas olish organlarining tuzilishi” mavzusiga oid adabiyotlarni o’qish va ma’ruza tayyorlash.
Ma’ruzatayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
1) mavzu bo'yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o'rganish va tahlil etish. Bunda bibliografik ma'lumotlarning uchta manbasini ajratib ko'rsatish zarur:
- birlamchi (maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqalar);
- ikkilamchi (bibliografiya, ilmiy jurnallar, grafik-sxemalar, diagrammalar va boshqalar);
- uchinchi darajali (sharhlar, kompilyatsiya ishlari, ma'lumotnomalar va boshqalar);
2) tanlangan mavzuga mos to‘liq mantiqiy ochib bera oladigan reja tuzish;
3) quyidagi talablarga rioya qilgan holda doklad yozish:
- ma'ruza tuzilishi jihatdan quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: muammoning dolzarbligini asoslovchi qisqacha kirish; asosiy matn; o'rganilayotgan muammo bo'yicha xulosalar; foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati;
- ma'ruza mazmunan umumiy qoidalar mustahkamlanishi va aniq misollar bilan tushuntirilishi kerak; darslik yoki o‘quv qo‘llanmaning alohida boblarini qayta aytib bermaslik, balki ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan o‘z fikrini bayon etish, o‘z takliflarini bildirish lozim.