Mavzu № 2. SKELET TIZIMI FILOGENEZI VA TUZILISHI Ishning maqsadi: “Tayanch-harakat tizimi” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: konspekt qilish va suyaklari ko’rgazmasini tayyorlash
Bajarish vaqti: 10 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari №2. 1-Topshiriq. Odam anatomiyasiga oid oʻquv adabiyotlarini oʻqib, Skelet tizimi filogenezi va tuzilishini quyidagi adabiyotlardan foydalangan holda konspekt qilish. Jumladan: 1. Qodirov I.Q. Odam anatomiyasi. Lotin.Toshkent. “Universitet”. 2007, 35-91betlar.
Xudoyberdiev.R.E., Axmedov N.K. “Odam anatomiyasi” T. “Ibn Sino” 1993y 30-134 betlar.
I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi” T. “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”.1998y
Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi: 1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.
Matn-konspekt nima va u qanday yoziladi? -reja, ko‘chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
-ifodaning ichki mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.